Sher va qurbaqa

Qurbaqaning qurillaganini eshitgan Sher, bu qanday vahimali hayvon bo‘ldi, deb ovoz kelgan tomonga o‘girilib qaradi.
Qarab, endigina suvdan sakrab chiqqan Qurbaqani ko‘rib, uni ezg‘ilab tashladi va dedi: «Ovoz emas, vajohat qo‘rqinchli bo‘ladi».
Bu masal javrashdan boshqa ishni bilmaydigan mahmadona odam haqida.