Dangasalar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni podshoga, «qishloqning chekka joyida uchta dangasa ochlikdan o‘lay deb yotishsa ham, mehnat qilishni sira ham istamas ekanlar», degan xabarni yetkazishibdi. >>>>

Farosatsiz eshak

Bir eshak bor ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan.
Kunlardan bir kuni u bir boqqa kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun-tarvuz-u, qovoqlar pishib yotgan emish. >>>>

Uch og’a-ini botirlar

Bor ekan, yo’q ekan, bir zamonda bir kishi bo’lgan ekan. Boy ham, kambag’al ham emas ekan. Uning uchta o’g’li bor ekan, uchovi ham o’qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o’zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To’ng’ichi yigirma bir yoshda, o’rtanchasi o’n sakkiz yoshda, kenjasi o’n olti yoshda ekan. >>>>

Bo‘z bola

Bor ekanu yo‘q ekan,
Och ekanu to‘q ekan.
Bo‘ri bakovul ekan,
Tulki yasovul ekan,
Qarg‘a qaqimchi ekan,
Chumchuq chaqimchi ekan. >>>>

Hunarliga o‘lim yo‘q

Burungi zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni podsho bir kambag‘alning qizini olmoqchi bo‘lib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib, podshoning so‘zini qizga aytishibdi. Kambag‘alning qizi sovchilarga:
— Podshoga borib aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podsho bir hunar bilsagina tegaman, agar bilmasa o‘rgansin, — debdi. >>>>

Do‘stlik

Bir kuni Olmaxon daraxtdan-daraxtga sakrayotib, botqoqqa tushib ketibdi. Qancha zo‘r berib urinsa ham, botqoqdan chiqib keta olmabdi. Bechora olmaxon yig‘lab-yig‘lab yordamga chaqira boshlabdi. >>>>

Ota nasihati

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, bir dehqon o‘tgan ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Uch o‘g‘lidan ikkitasini uylantirib, joylagan ekan. Ular o‘z oilalari bilan alohida bo‘lib chiqib ketishgan ekan. >>>>

Aqlli, idrokli, zehnli

O‘tgan zamonda bir boy yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bo‘lib, uchalasi ham zo‘r bilimdon ekan.
Kunlardan bir kuni mo‘ysafid ota betob bo‘lib yotib qolibdi. U uchala bolasini oldiga chaqirib, nasihat qilibdi:
— Bolalarim, agar qazom yetib o‘lsam, bog‘dagi katta uzumning tagiga har biri otning kallasidek keladigan uchta oltin ko‘mganman. Shuni uchalang boshqa shaharga olib borib, bo‘lashib olinglar. >>>>

Sahifa 11 dan 22« Dastlabki...910111213...20...So'ngi »