Maqtanchoq

Bir mevali daraxt mevasiz daraxt bilan yonma-yon o‘sar ekan. Kunlardan bir kuni mevali daraxt debdi:

– Insonlarga mening ko‘p foydam tegadi, chunki ularga shirin mevalar beraman. Ammo sendan hech qanday foyda yo‘q, meva qilmaysan. Sening o‘rningda bo‘lganimda, uyatdan xijolat chekib, qurib qolardim.

>>>>

Sichqonga aylangan yo‘lbars

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ko‘m-ko‘k o‘rmon yoqasida bir uy bor ekan. Bu uyda bir keksa kampir yolg‘iz yashar ekan. Bir kuni kampir eshik yonida ip yigirib o‘tirganda, qarg‘a quvlab kelayotgan sichqonni ko‘rib qolibdi. Kampir o‘rnidan turib, qarg‘ani kaltak bilan haydabdi. Sichqonni uyga olib kirib, oldiga bir kaft guruch to‘kibdi. >>>>

Piyozvoy nega xomush?

Oshxonada savlat toʻkib turgan javon ichida yotaverib zerikkan sabzavotlar oʻzaro gurungga kirishibdi.

Suhbatni bir tomoni oftob koʻrmay sargʻayib pishgan Pomidor boshlabdi:

– Shakl jihatdan kamina ham meva, ham sabzavotga oʻtaveraman. Ayniqsa, shu xonadonning chaqqon qizi Munisa meni juda ham yaxshi koʻradi, – dedi va qoʻshib qoʻydi, – goh “oltin olma”, goh pomidorim – hammasi dorim, deb erkalaydi. Shifobaxshligim bois men odamlarga juda kerakman! >>>>

Tuz qadri

Qadim zamonda bir podshohning uch qizi boʻlgan ekan. Bir kuni podshoh qizlarini yoniga chaqirib:

– Meni qanchalik yaxshi koʻrasiz? – deb soʻrabdi.

Katta qizi “dunyolar qadar” debdi, oʻrtancha qizi “quchoq-quchoq mehr bilan” debdi qulochini keng yozib. Podsho xursand boʻlib qizlarini bagʻriga bosibdi. Keyin oʻylanib qolgan kenja qiziga qarab, nahotki menga boʻlgan mehriga oʻlchov topolmayapti, deb hayron boʻlib, savolini takrorlabdi. >>>>

Qizil qalpoqcha

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, bir qishloqda jajjigina bir qizcha bor ekan: u dunyoda tengi yoʻq, juda yoqimtoy qiz ekan. Oyisi uni jonidan ham yaxshi koʻrar ekan, buvisi boʻlsa undan ham yaxshi koʻrar ekan. >>>>

Kampir va bo‘ri

Bor ekan-da, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir chol-u kampir bo‘lgan ekan. Ularning bitta qizil xo‘rozi, bitta oq kuchugi va yetti echkisi bor ekan. Ularga yaqin joyda bir bo‘ri ham yashar ekan. Bir kuni kechasi chol-u kampirning uyiga bo‘ri kelibdi va ostonadan turib, ulibdi: >>>>

Chol bilan bo‘ri

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir bo‘ri bor ekan. Bo‘ri qo‘ylarga hujum qilaverib, cho‘ponlarning joniga tegibdi. Ular ovchiga arz qilibdilar. Ovchi bo‘ri izidan tushib o‘rmonga kiripti. Bo‘ri qo‘rqib o‘rmondan qochib chiqibdi. Ovchi uni tirqiratib quvipti. >>>>

A’lochi xo‘rozcha

Tanishing men birinchi –
«B» sinfda o‘qiyman.
O‘ttiz beshta harfning
Barin yaxshi «cho‘qiyman».

Ayniqsa-chi, go‘zal «T»
Ko‘zga darrov tashlanar.
Chunki, oyim nomlari
Shu harfdan boshlanar. >>>>

Yirtqich

Oyisiga ergashib
O‘ynab kelgan Tulkicha,
Qo‘shni qari Bo‘riga
Maqtanib qoldi picha:
– Ayiq katta bo‘larkan,
Hech ko‘rmagan ekanman. >>>>

Eshakning ertagi

Bo‘lgan ekan bir Ho‘tik
Sho‘x va qaysarroq.
O‘g‘irlarkan qizlardan
Ko‘zgu va taroq.

Boqar ekan ko‘zguga
Tarab yollarin.
Hayron qilib yurarkan
Echki, mollarni. >>>>