Quyonchaning uychasi

Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir tulki bilan quyon bo’lgan ekan. Tulkining uychasi — muzdan, quyonniki — daraxtning postlog’idan qurilgan ekan. Bahor kelib, kunlar iligach, tulkining uychasi erib ketibdi. Boshpanasiz qolgan tulki tunashga joy berishni so’rab quyonning oldiga bordi-yu, uning uychasini egallab olib, o’zini haydab yubordi. >>>>

Bahor yaqin

O’tib ketdi qishning sovuq
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong’i tunlari.

>>>>

Chumchuqvoy

Bor ekan-u, yo‘q ekan. Bir uyning bo‘g‘otida chumchuq oilasi yasharkan. Ota bilan ona palaponlarga galma-gal ovqat tashishar ekan…
Chumchuq bolalari asta-sekin mayin pat chiqarishibdi. Keyin qalin patlar kiyib olishibdi. Bir kuni eng katta chumchuq bola tavakkal qilib inidan sakrab yerga tushibdi. Uning hech qayeri og‘rimabdi.Chunki u sekin tushibdi. Uning sekin tushishiga qanotlari yordam beribdi. Chumchuqchaning o‘z holicha ovqat yeyayotganini ko‘rib ota-onasi xursand bo‘libdi. >>>>

Eng katta sehr

Bir sehrgar bo’lgan ekan. Uning qo’lidan hamma ish kelar ekan. Istasa, tap-taqir cho’l o’rnida dengiz yarata olar ekan. Yalang joyda qasr paydo qilish ham uning uchun arzimagan yumush ekan. >>>>

Dono yigit

O’tgan zamonda bir donishmand chol yashagan ekan. Uning uch o’g’li bo’lgan ekan. O’g’illari voyaga yetgach, chol ularga shunday debdi:
— Bolalarim, men sizni yeyish-ichishdan kamsitmay o’stirdim. >>>>

To‘g‘ri davo

Bir semiz podshoh bor ekan. Shunaqa semiz ekanki, semizligidan uncha-muncha joyga sig‘mas ekan. Bo‘ynini qashlashga ham qo‘li yetmas ekan. U barcha tabiblarni yig‘ibdi, o‘zini davolashlarini, sal bo‘lsa ham ozdirishlarini buyuribdi. Tabiblar uni qancha davolashmasin, u battar semirar, battar kengayib borar ekan. Oxiri bir aqlliroq tabib topilibdi. U podshohning bilagini ushlab ko‘rib: >>>>

Tulki bilan xo‘roz

Rostmi yo yolg‘onmi, har qalay bir qari xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir necha bor tulkining domiga ilingan ekan-u, ammo har gal bir amallabuningqo‘lidanomonchiqarekan. Kunlarning birida u qishloq chekkasidagi maydonchada don cho‘qilab yurgan paytda birdan bekinib kelayotgan tulkiga ko‘zi tushibdi. >>>>

Odil hokim

Bir kuni ikki kishi ovqatlanib o‘tirgan ekan. Ularning birida beshta, ikkinchisida uchta kulchasi bor ekan. Xuddi shu payt ko‘chadan o‘tib borayotgan bir yigitcha ularning yoniga kelib salom beribdi. Ular salomga alik qaytarib, yigitchani nonushtaga taklif etishibdi. >>>>