Quyon va maymun

Qurg‘oqchilik natijasida o‘rmon hayvonlari ochlikdan qiynala boshlashibdi. Ikki do‘st — quyon bilan maymun birga yashamoqchi bo‘lishibdi. Chunki birgalikda ovqat topish birmuncha oson bo‘ladi-da. >>>>

Mukofot

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, kattakon o‘rmonda qayrag‘ochlar ostida bir maktab bor ekan. Unda Moshvoy ismli mushukcha, Qag‘-qag‘ ismli qarg‘acha, Dik-dik ismli quyoncha, ismi Chiy-chiy sichqoncha, Pi-pi ismli maymuncha, Xir-xir ismli cho‘chqacha va boshqalar o‘qishar ekan. >>>>

Qushcha bilan suv kalamushi

Kunlardan bir kuni suv kalamushi bilan qushcha birga yashashga shartlashibdilar. Kalamush qishda qushchani o‘z uyasiga qo‘yishga, to‘plagan ovqatlari bilan uni qish bo‘yi boqishga va’da beribdi. Evaziga bahorda — kalamush uyasini suv bosganda unga o‘z inidan joy beradigan, turli qurt-qumursqalar bilan boqadigan bo‘libdi. >>>>

G‘oz bilan turna

Kunlardan bir kun semiz, dangasa bir G‘oz ko‘lning bo‘yida mudrab o‘tirgan ekan, tasodifan uning yoniga Turna qo‘nibdi. Turna G‘ozning qarshisida juda ham ozg‘in va nimjon ko‘rinar ekan. Olifta G‘oz uni masxara qilib kulibdi: >>>>

Dunyoda nima lazzatli?

Husayn mirzoning qirq vaziri bor ekan. Qirqinchisi Alisher Navoiy ekan. Bir kam qirq vazir Navoiyni Husayn mirzoga yomonlay beribdi. Husayn mirzo Alisherni vazirlikdan bo‘shatibdi. >>>>

Yalmog‘iz kampir

Bor ekanda, yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan. Burungi zamonda chol-u kampir bor ekan. Bularning bir o‘g‘li bor ekan. O‘g‘lining bir oltin soqqasi bor ekan. Kunlardan bir kun tirama bo‘lib sovuq tushib qolibdi. Bular yaylovdan qishloqqa ko‘chibdi. Bolaning oltin soqqasi yaylovda esidan chiqib qolibdi. Keyinchalik esiga tushib: >>>>

Xurmacha polvon

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan. Bir chol-u kampir bor ekan. Bularning echkisi ko‘p ekan-u, bolasi yo‘q ekan. Kunlardan bir kun kampir sut pishirib o‘tirib: “Mening bolam bo‘lsa edi, sut desa sut bersam, qaymoq desa qaymoq bersam, qatiq desa qatiq bersam”, debdi. >>>>

Shayton bilan dehqon

Bir kuni shayton bilan dehqon uchrashib qolibdi, ikkisi bir boyning yerini ijaraga olib dehqonchilik qilmoqchi bo‘lishibdi. Yerni haydab, ekishga tayyorlashibdi. Maslahat bilan jo‘xori ekishibdi. Jo‘xori pishibdi. Ikkisi hosilni bab-baravar bo‘lish to‘g‘risida maslahatlashibdi. Dehqon shaytonga: >>>>

Til tig‘dan o‘tkir

O’tmish zamonda bir mamlakatning podshosi qattiq kasal bo‘lib qolibdi. Mashhur tabiblar ham ko‘rib uni tuzata olmabdilar. Nig‘oyat, bir donishmand chol podsho qoshiga kelib: >>>>

Bo‘ri bilan mergan

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, tovuq toq etdi, bilmadim qaqqa ketdi. >>>>