Oyijon

Oyijon, oyijon-e,
Boshginam og‘ridi-ye
Boshginangdan
Oying o‘rgilsin, nimalarga og‘ridi-ye
Bozorlarda bo‘lar emish,
Do‘konlarda sotar emish,
Ana uning nomi zarli do‘ppi.
O‘shanga og‘ridi-ye.
O‘shanga og‘risa-yo, alam-o, alam-o

Oyijon, oyijon-e
Quloqqinam og‘ridi-ye,
Quloqqinangdan oying o‘rgilsin,
Nimalarga og‘ridi-ye.
Do‘konlarda bo‘lar emish,
Bozorlarda sotar emish,
Ana uning nomi tilla zirak
O‘shanga og‘ridi-ye,
O‘shanga og‘risa-yo, alam-o, alam-o

Oyijon, oyijon-e,
Bilakkinam og‘ridi-ye,
Bilakkinangdan oying o‘rgilsin,
Nimalarga og‘ridi-ye.
Zargarlarda bo‘lar ekan.
Do‘konlarda sotar ekan,
Ana uning nomi tilla baldoq
O‘shanga og‘ridi-ye.
O’shanga og’risa-yo, alam-o, alam-o

Oyijon, oyijon-e,
Oyoqqinam og‘ridi-ye,
Oyoqqinangdan oying aylansin,
Nimalarga og‘ridi-ye.
Bozorlarda bo‘larmish,
Do‘konlarda sotarmish.
Ana uning nomi modniy tufli
O‘shanga og‘ridi-ye.
O’shanga og’risa-yo, alam-o, alam-o