Suhbat

Kechqurun ikki oshna uchrashib qolishibdi. Biri ikkinchisidan so‘rabdi:
– Xo‘sh, bugun nima ishlar qilding?
– Qo‘lqoplarimni axtardim.
– Topdingmi?
– Topdim.
– Xo‘sh, ular qaerda ekan?
– E, kamarimda qistiriglik turgan ekan. O‘zingga yo‘l bo‘lsin?
– Yetti chaqirimli yo‘lga ketyapman.
– Kisel ichishgami?
– Yo‘q, chivinni izlab topishga.
– Qaysi chivinni?
– Burnimdan chaqmoqchi bo‘lgan chivinnida.
– Axir u oldingda-ku!
– Qani, qani?
– Ana, burning tagida!