Zumrad va Qimmat

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bor ekan. Uning Zumrad ismli qizi bor ekan. Chol bir qizi bor ayolga uylanibdi. Qizining ismi Qimmat ekan. O‘gay ona Zumradni yoqlirtmas ekan. Eng og‘ir ishlarni unga buyurar, qarg‘ab, urarkan. O‘zining qizini juda yaxshi ko‘rarkan, doim uni maqtagani maqtagan ekan.
Zumrad aqlli, chiroyli va muloym qiz ekan. Qimmat esa unga hech ham o‘xshamas ekan. U tantiq, qo‘pol va dangasa ekan. Kun bo‘yi ovqat yer, bo‘lar-bo‘lmasga urisharkan.
Har tong qushlar ham, gullar ham Zumradni qo‘shiq kuylab, olqishlab kutib olar, Qimmatni esa ular yoqtirmas edilar, chunki u gullarni yulib tashlar, tepkilar, qushlarga tinchlik bermasdi.
O‘gay ona bularni ko‘rib turardi. Zumraddan qutilmoqchi bo‘lib cholga:
-Agar q’izingni yo‘qotmasang, sen bilan birga yashamayman! Uni o‘rmonga olib borib tashla! – deb qichqiribdi.
Chol nima qilarini bilmay qolibdi. Kampir esa tinchlik bermasmish. Chol Zumradni o‘rmonga olib boribdi. Ular uzoq yurishibdi, o‘rmon ichiga kirishibdi.
Shu yerda o‘tirib tur, qizim. Men o‘tin kesib kelaman, – debdi chol. Uzoqroqqa borib, boltasini daraxtga osib qo‘yibdi: “Taq! Taq!”-bolta shamolda daraxtga urilarmish. Zumrad taqillagan ovozni eshitib, “otam o‘tin kesyapti” deb o‘ylabdi.
U otasini uzoq kutibdi, lekin darak bolmabdi. Taqillagan ovoz ham chiqmay qolibdi. Otasini qidirib yursa, bexosdan bolta osilgan daraxt tagiga borib qolibdi. Qarasa, otasi yo‘q emish.
Zumrad qo‘rqqanidan yig‘lab yuboribdi. U o‘rmonda uzoq yurib, adashib qolibdi. O‘rmon ichi qo‘rqinchli tusga kira boshlabdi. Ancha kech bo‘lib qolgan edi-da. Nihoyat bir yorug‘lik ko‘rina boshlabdi. Zumrad o‘sha tomonga qarab yura boshlagan ekan, bir kichkina uycha yoniga kelib qolibdi. Derazadan mo‘ralasa, ichkarida bir kampir o‘tirgan ekan. Eshikni taqillatib. ichkariga kiribdi. Salom beribdi. Keyin boshidan kechirgan voqealami aytib beribdi. Kampir sehrgar ekan. U Zumradni iliq, mehribonlik bilan kutib olibdi.
-Xafa bo‘lma, men senga yordam beraman. U Zumradni ovqatlantiribdi, ovutibdi, erkalabdi.
– Meni o‘z onamdek qabul qildingiz, – debdi Zumrad. – Sizga qanday qaytarsam ekan, men ishdan qochmayman, ishlaringizni jon-dilim bilan bajaraman.
Zumrad kampirga juda yoqib qolibdi. Uni erkalab, qo‘g‘irchoqlar beribdi, ertaklar aytib beribdi, qiziq-qiziq kitoblar ko‘rsatibdi.
Shunday qilib ular ancha kun birga yashashibdi. Zumrad kelgach, uy saranjom-sarishta, chinniday toza bo‘lib qoldi.
Bir kuni kampir osh qilmoqchi bolib:
Qizim, tomga chiqib o‘tin olib tushgin, – debdi Zumradga.
Xo‘p bo‘ladi, buvijon, – deb Zumrad tomga chiqibdi.
Tom juda baland ekan, u yerdan hammayoq ko‘rinar ekan. Qiz atrofni tomosha qilib turib, qadrdon uyiga ko‘zi tushibdi. Yuragi uvishib, yiglab yuboribdi.
Nega yig‘layapsan, jon qizim? so‘rabdi
kampir.
– Uyimizni ko‘rib qoldim, otamni sog‘indim, – deb Zumrad yig‘lab yuboribdi.
Kampir uni yupatibdi, osh eyishibdi, keyin ertak aytib beribdi. Qiz uxlab qolibdi.
Qizginam, o‘yinchoqlaringni yig‘ishtir. Seni uyingga jo‘nataman, -debdi kampir.-Tomda qizil va oq sandiq bor. Oq sandiqni qoldirib, qizil sandiqni olib tush.
O‘zi esa o‘rmonga kirib ketibdi. Zumrad narsalarini yig‘ishtirguncha, u saman ot qo‘shilgan aravani yetaklab kelibdi. Aravaga qizil sandiqni joylabdi, Zumradni esa o‘tqazib:
Kalitni ushla. Uyingga borganingdan keyin sandiqni ochasan, debdi.
Qiz kampirga minnatdorchilik bildirib, xayirlashibdi-da, yo‘lga tushibdi. Shu payt chol qizini sog‘inib, ostonada o‘tirgan ekan.
Salom, otajon! – deb otasining bag‘riga otilibdi.
Qizining soq‘-salomat ekanligidan xursand bo‘lgan chol, anchagacha ko‘z yoshlarini to‘xtatolmabdi.
Oppog‘im, men nodon cholni kechir!
Ular uyga kirishibdi. Qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilibdi. Zumrad kalit bilan sandiqni ochibdi.
– Voy-bo‘!!! – hayron bo‘ganliklarini yashirol mabdilar atrofdagilar.
Sandiq qimmatbaho kiyimlar, shoyi va taqinchoqlarga liq to‘la emish. Zumradning butun umriga yetib, ortar emish.
O‘gay ona esa bularni ko‘rib bezovta bolib, tipirchilab qolibdi. Shu ondayoq Qimmatni ham o‘rmonga olib borishni buyuribdi. Chol tezda otlanib, Qimmatni qalin o‘rmonga olib boribdi.
Kech kirganda Qimmat cholning boltasi osib qo‘yilgan daraxt tagiga kelibdi. Baqirib, ho‘ng-ho‘ng yig‘labdi. Vahimaga tushib, yugura boshlabdi, nihoyat, kampirning uyi yoniga kelib qolibdi.
– Xafa bolma, qizim, senga yordam beraman debdi kampir va uni ovqatlantiribdi, iliq so‘zlar aytibdi.
Lekin Qimmat yaxshi so‘zlar topib, kampirga minnatdorchiligini bildirmabdi. Kampir undan xafa bo‘libdi, qo‘g‘irchoqlar va rasmli kitoblar bermabdi, ertak ham aytib bermabdi.
Kunlar, haftalar o‘taveribdi. Qimmat ertadan kechgacha yalqovlanib o‘tiraverar, uyni yig‘ish- tirmas, kampirga ham yordam bermabdi. Uy ham iflos va chang bolib ketibdi.
Bir kun kampir Qimmatga:
-Tomga chqib, o‘tin olib tush, qizim,- debdi.
Sizga kerak boisa, o‘zingiz olib tushing, – deb javob qaytaribdi Qimmat.
Kampir uni tomga chiqishga zo‘rg‘a ko‘ndiribdi. Qimmat tomga chiqib, o‘tin olib tushish o‘rniga, o‘tirib olib yig‘lay boshlabdi.
– Nega yig‘layapsan, qizim? – deb so‘rabdi kampir.
– Uyimni ko‘rib qoldim, ketgim kelyapti, – deb yig‘isini davom ettiribdi Qimmat.
Ha, mayli, boraqol. Tomdagi sandiqni o‘zing bilan olib tush.
Qimmat xursand bo‘lib ketibdi sandiqni tomdan olib tushibdi.
Sandiqni uyingga borganda ochasan, – debdi kampir va qizga kalitni beribdi.
Lekin kampir Qimmatga ot, arava bermabdi, u sandiqni orqalagancha, uyiga piyoda ketibdi.
Qimmatni qaytayotganini olapar itlari sezibdi. It jahldor kampirni oldiga borib:
Vov, vov, vov! Opam kelayotir! Ilon tola sandiqni orqalab kelayotir, – deb vovullabdi.
Kampir g‘azablanib, tayoqcha bilan itni urib, oyog‘ini sindiribdi.
Mening aqlli qizim kelyapti, qimmatbaho mollar keltiryapti, – o‘zida yo‘q xursand emish kampir.
Qimmat uyiga zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yetib kelibdi. Qo‘shnilar yig‘ilibdi. Qimmat onasi bilan sandiqni ochmaslik uchun ustiga o‘tirib olishibdi. Kechqurun sandiqni ichkari xonaga olib kirib, eshiklarni mahkam yopishibdi-da sandiqni ochishibdi-yu, “Voy, dod, qutqaringlar! Ajdar! Yordam beringlar!” – deb baqirishga tushishibdi.
Sandiqdan ikkita kattakon ajdar chiqib kampir bilan qizni yutib. derazadan chiqib ketishibdi.
“Dod-voy!”ni eshitib qo‘ni-qo‘shnilar yordam berish uchun yig‘lishibdi, eshikni buzishib ichkariga kirishsa, kampir ham, qizi ham yo‘q emish. Rosa qidirishibdi, topisholmabdi.
Chol Zumrad qizi bilan shod-xurram yashashibdi.