Irkit ayiqcha

Bir kuni ayiqcha uyida g‘alati ovozdan uyg‘onib ketdi. Ko‘zini ochib qarasa, tepasida ikkita pashsha g‘izzillab aylanayotgan ekan. Ayiqcha pashshalarni qo‘li bilan haydadi, ammo bir ozdan so‘ng ular yana ayiqchaning boshi ustida aylana boshladilar. Ayiqcha boshini ko‘rpasiga burkab yotdi, ammo bir ozdan keyin nafasi qaytib boshini chiqardi.
Pashshalar esa shuni kutib turgandek, shu zahoti yana tepasida aylana boshladilar. Bu ham yetmaganidek, boshiga, yuziga qo‘nib g‘ashiga tegishdi. O‘rnidan turib yuvinish xonasiga kirdi. Ko‘zguga qaradi, ko‘zgudan unga sochlari paxmaygan, yuzlari kir ayiqcha qarab turar edi. Yuvinmoqchi bo‘lib jo‘mrakni buradi, lekin erinib suvni o‘chirdi. Oshxonaga chiqib nonushta qilmoqchi
bo‘lib dasturxon oldiga o‘tirdi. Pashshalar shu zahoti uchib kelib boshiga qo‘nishdi. Ayiqcha ularga ahamiyat bermaslikka harakat qilib nonushta qila boshladi. Lekin pashshalar xuddi shuni kutib turgandek, ayiqcha yeyayotgan narsaga tashlanib talay boshlashdi. Ayiqcha ularni harchand haydasa ham ketishmas edi. Ayiqcha nonushtani chala- pula qilib uyidan chiqdi. O‘rmonni aylanib kelmoqchi bo‘ldi. Pashshalar ham uning ketidan qolmay uchib-qo‘nib, atrofida aylanar edilar. Bora-bora ayiqcha pashshalarning g‘o‘ng‘illagan ovoziga o‘rganib ham qoldi, ularga e’tibor ham bermay qo‘ydi.
Bir kuni ertalab ayiqcha odatdagidek o‘rmonni aylanib yurganida oldidan quyoncha chiqib qoldi.
— Salom ayiqvoy, — dedi quyoncha sevinib.
— J-j-jalom, — dedi ayiqcha. Quyoncha hayron bo‘lib:
— Senga nima bo‘ldi? — deb so‘radi.
— J-j-jnima bo‘libdi, — dedi ayihcha.
Nega unday gapiryapsan?
— Sen meni tabriklayapsanmi yoki mazax qilyapsanmi? — dedi-da, burilib ketib qoldi. Ayiq esa indamay asalni dasturxon ustiga qo‘ydi va o‘zi qam o‘tirdi.
Dasturxonga shirinlik va mevalar uzatishdi. Barcha hayvonlar xursand bo‘lib ulardan yeya boshlashdi. Pashshalar ham shu zahoti meva va shirinliklarni talay boshlashdi. Ularning xiraligidan hamma bezor bo‘ldi. Shunda bo‘rivoy:
— To‘xtanglar, men hozir ularni o‘ldiraman, — deb qo‘liga daraxt shoxini oldi. Shu payt pashshalar ayiqchaning boshiga qo‘nishdi.
Bo‘rivoy bor kuchi bilan ayiqchaning boshiga urdi.
— Nega meni urasan? — deb baqirdi ayiqvoy.
— Axir, ular sening boshingda o‘tirgan edi- da, nima qilay?
— Men ham seni bir uraymi?
— Meni nega urasan, pashshalar menga qo‘ngani yo‘q-ku, — dedi bo‘rivoy.
— Bu pashshalarni sen olib kelding, shuning uchun kaltakni ham sen yeding, — deb gapga aralashdi olmaxon.
— Qaranglar, u to‘g‘ri gapiradigan bo‘lib qoldi. Demak, ayyorlik qilayotgan ekan, — dedi tulki.
— O‘zi sen kelishing bilan bu yer yoqimsiz hidga to‘lib ketdi, yaxshisi pashshalaringni olib bu yerdan keta qol, — dedi quyoncha. Ayiqcha xafa bo‘lib sekin keta boshladi.
— Mana bu «ajalingni» ham o‘zing bilan olib ket, uni baribir hyech kim yemaydi, — deb tulki ayiqchaning qo‘liga asalni tutqazdi.
Ayiqcha tulkining uyidan chiqib, xafa bo‘lgancha o‘rmonda ketayotib qoqilib yiqildi, asal ustiga to‘kilib hamma joyi asalga belandi. Buni ko‘rgan pashshalar quvonganlaridan jazavaga tushib, ayiqchani qattiqroq talay boshladilar. Shu atrofdagi ko‘lda oyoqlarini yuvib olmoqchi bo‘lib ayiqcha suvga yahinlashdi. Sirpanib ketib suvga tushib ketdi. Anchadan beri suv tegmagan tanasi birdan yayradi va ayiqcha mazza qilib cho‘mildi. Suvdan chiqib, silkingancha yunglarini quritdi va qushday yengillashganini sezdi. Uyiga kelib, ta’bi xira bo‘ldi. Cho‘milib aqli tiniqlashgan ayiqchaga uyi iflos va tartibsiz ko‘rindi. Supurgi va lattani olib uyini yig‘ishtirdi.So‘ngra uyi atrofidagi chiqindilarni ham yig‘ishtira boshladi. Shu payt mehmondorchilikdan qaytayotgan quyoncha ko‘chadan o‘tib qoldi. U ayiqchani ko‘rib hayron bo‘ldi, uning yunglari tovlanib, quyoshda yaltirardi.
— Horma, ayiqvoy, — dedi quyon uning yoniga kelib. Ayiqvoy uni ko‘rib xijolat bo‘ldi va:
— Salomat bo‘l. Quyonvoy men sendan va boshqa hayvonchalardan yetkazgan aziyatim uchun uzr so‘ramoqchi edim. Men irkit holda mehmonga borib sizlarga nisbatan hurmatsizlik qildim, — dedi.
— Ie, pashshalaring ko‘rinmaydi? — dedi quyon ayiqvoyni xijolatdan qutqarish uchun gapni boshqa yoqqa burib. Ayiqvoy shundagina pashshalarning yo‘qligini sezdi. Eslab ko‘rsa, cho‘milib chiqqandan so‘ng ularni boshqa ko‘rmabdi.