Kolibri va ari

Kunlardan bir kuni arining o‘g‘li kasal bo‘lib qolibdn. U afsungarniig oldiga borib, maslahat so‘rabdi.
Afsungar unga:
Kolibri patidan bitta so‘rab olsang, o‘g‘ling tuzalib ketadi,— debdi.
Kolibri patidan bergai ekan, chindan ham ariiing o‘g‘li tuzalib ketibdi.
Keyinchilik kolibrining o‘g‘li kasal bo‘pti. Shunda afsungar kolibriga:
Arining qanoti o‘g‘lingga davo,— debdi.
Kolibri arining oldiga kelib, undan qanotini so‘ragan ekan, ari unga:
Mening faqat ikkitagiia qanotim bor. Birini senga bersam, ucha olmay qolaman,— debdi.
Shunday kilib kolibrining o‘g‘li vafot etibdi.
Dog‘da qolgan kolibri ariga:
O‘g‘lim vafot etdi. Endi sen bilan biz bir umrga dushmanmiz,— debdi.
Biroq ari kolibriga:
Kel, yaxshisi, do‘st bo‘lib qolaylik! Biz seni muhofaza qilamiz. Uyangga tuxum qo‘ysang, biz ham yoniga in qurib, bolalaringni qo‘riqlab turamiz,— debdi.
Ana o‘shandan beri arilar doimo o‘z inlarini kolibrmning uyasi yoniga qo‘yadigan bo‘lishibdi.