Tulki bilan xo‘roz

Rostmi yo yolg‘onmi, har qalay bir qari xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir necha bor tulkining domiga ilingan ekan-u, ammo har gal bir amallabuningqo‘lidanomonchiqarekan. Kunlarning birida u qishloq chekkasidagi maydonchada don cho‘qilab yurgan paytda birdan bekinib kelayotgan tulkiga ko‘zi tushibdi.
Qishloqqacha qochib bora olmasligiga ko‘zi yetibdi. U bazo‘r yonidagi keksa qayrag‘och tepasiga chiqib olibdi. Tulki daraxt tagiga kelib:
– Hoy, xo‘roz! Nega meni ko‘rishing bilai daraxtga chiqib olding? – deb so‘rabdi.
Xo‘roz unga qarab debdi:
– Nima, yugurib borib seni quchoqlab olaymi?
– Ha-da! Hali hech narsadan bexabarmisan? Shoh chor atrofga elchilarni yuborib: «Mening saltanatimda biror odam bolasi, biror jonzot o‘zidan kichkinani xafa qilmasn». Bundan keyin bo‘rilar bilan qo‘ylar bir buloqdan suv ichadilar, lochin bilan kabutarlar bir inda yashaydilar» deb xabar qilishlarini buyuribdi. Qo‘rqmay yonimga tushaver, birga sayr qilamiz.
– Jo‘ralar bilan sayr qilish yaxshi, lekin birga emas. Bir oz sabr qil, bu yoqqa shamol kabi uchib kelayotgan hayvonlar yetib kelsin, o‘shanda hammamiz birga aylanamiz, – deb javob qilibdi xo‘roz.
– U qanday hayvonlar bo‘ldi ekan?
Bo‘rilarga o‘xshaydi, faqat quloqlari bilan dumlari uzunroqmi?
– Balki ovchi itlardir?
– Ha, ha, topding, xuddi o‘zi!
Ovchi itlarni ko‘z oldiga keltiribdi-yu, tulki tiraqaylab qochishga tushibdi. Xo‘roz uning ketidan:
– Nega qochib ketyapsan? – deb baqiribdi.
– Ovchi itlar bilan chiqisha olmayman.
– Hoziigina, shoh barcha jonzot o‘zidan kichikni xafa qilmaslikni buyurgan, demayotganmiding?
– Axir ovchi itlar cho‘lga chiqib ketgan edilar, shoh farmonini eshitmagan bo‘lishsa-chi? Meni nimtalab tashlashlari mumkin.
Shunday debdi-yu, tulki ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.