Botir mergan va chaqimchi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, tog‘ oralig‘ida, qirq uyli ovulda Botir degan o‘tyurak mergan yigit o‘tgan ekan. Bir yili qish qattiq kelib, ovulning moli qirilibdi. >>>>

Gul o‘stirolmagan bola

Qadim zamonlarda bir mamlakatda donishmand bir qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni qirol: “Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o‘zimga o‘g‘il qilib olsam”, deb o‘ylabdi va mamlakatdagi barcha bolalarga gul urug‘i ulashishni buyuribdi. >>>>

Non va tilla

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, O‘ktam degan bir kambag‘al dehqon bor ekan. Bir parcha non topsam, deb erta-yu kech ishlar ekan, bo‘sh qolsa qani endi davlat topib olsam-u, boyib ketsam, deb hayol surar ekan. >>>>

Baliqchi va baliq haqida ertak (A.S. Pushkin)

O‘tgan choqda dengiz bo‘yida,
Chol va kampir umr surgandi;
Yer to‘lada — eski uyida
O‘ttiz uch yil birga turgandi.
Chol to‘r solib ovlarkan baliq,
Kampir esa yigirar urchiq.
Chol dengizga to‘r solsa bir gal,
Baqa yaproq ilindi yolg‘iz. >>>>

Sholg‘om

Bir bor ekan, bir yoq ekan, qadim zamonda Bobo sholg‘om ekibdi. Sholg‘om kattakon bo‘lib, o‘sib yetilibdi.
Bobo sholg‘omni tortib olgani boribdi. Tortib, tortib, yerdan tortib ololmabdi. >>>>

Bo‘ri va yetti uloqcha

Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir echki bor ekan. Uning yettita uloqchasi bor ekan. Hamma onalar singari u ham bolalarining yettovini birdek yaxshi ko‘rar va erkalar ekan. >>>>

Dangasalar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni podshoga, «qishloqning chekka joyida uchta dangasa ochlikdan o‘lay deb yotishsa ham, mehnat qilishni sira ham istamas ekanlar», degan xabarni yetkazishibdi. >>>>

Farosatsiz eshak

Bir eshak bor ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan.
Kunlardan bir kuni u bir boqqa kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun-tarvuz-u, qovoqlar pishib yotgan emish. >>>>

Uch og’a-ini botirlar

Bor ekan, yo’q ekan, bir zamonda bir kishi bo’lgan ekan. Boy ham, kambag’al ham emas ekan. Uning uchta o’g’li bor ekan, uchovi ham o’qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o’zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To’ng’ichi yigirma bir yoshda, o’rtanchasi o’n sakkiz yoshda, kenjasi o’n olti yoshda ekan. >>>>