Birlashgan o‘zar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir dono chol o‘tgan ekan. Cholning to‘qqiz o‘g‘li bo‘lgan ekan. Ammo ular inoq emas ekan. O‘g‘illar otasining so‘zini tinglashmas, har qaysisi o‘z bilganini qilar ekan. >>>>

Chumchuqcha

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, sariq tumshuqli bir chumchuqcha bor ekan. Uning oti Botmon ekan. U hammom derazasi ustidagi xas-xashak va boshqa yumshoq narsalardan qilingan issiq inida yashar ekan. >>>>

O‘tinchi yigit bilan sher

Bir yigit dalaga o‘tin tergani chiqibdi. Bir daraxt yoniga kelib, uni yiqitmoqchi bo‘libdi. Shu payt bir sher kelib:
— Ey, odam, bu yerga nimaga kelding? — debdi. >>>>

Tulki bilan turna

Kunlardan bir kuni Tulki bilan Turna do‘st bo’lishib, birga yashay boshlashibdi. Turna bola ochibdi. Ularni ko‘z qorachig‘iday asrab, ardoqlabdi. Tulki esa Turnaning bolalariga ko‘z olaytirib: «Yesang maza qilasan-da», — debdi ichida. >>>>

Shirin uyqu

Bir odamning uchta o‘g‘li bor ekan. U vafoti oldidan o‘g‘illariga: «Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng», -deb vasiyat qilibdi. >>>>

Donishmand yigit

Qadim zamonlarda bir podsho o‘tgan ekan. U hukm chiqarishda gunohkor va gunohsizlarni chek tashlash yo‘li bilan aniqlar ekan. Gunohkor deb hisoblangan odamni podsho o‘z oldiga chaqirib, bir qutini ko‘rsatar ekan. >>>>

Halollik

O‘tgan zamonda bir dehqon bo‘lgan ekan. Uning kambag‘al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni u dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi. Dehqon yerning bir chekkasini kambag‘al oshnasiga sotibdi. >>>>

Botir mergan va chaqimchi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, tog‘ oralig‘ida, qirq uyli ovulda Botir degan o‘tyurak mergan yigit o‘tgan ekan. Bir yili qish qattiq kelib, ovulning moli qirilibdi. >>>>

Gul o‘stirolmagan bola

Qadim zamonlarda bir mamlakatda donishmand bir qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni qirol: “Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o‘zimga o‘g‘il qilib olsam”, deb o‘ylabdi va mamlakatdagi barcha bolalarga gul urug‘i ulashishni buyuribdi. >>>>