Gullar majlisi

Har yilning oxirida barcha gullar bir joyga to‘pla­nib, bir-birlariga o‘zlarining eng yaxshi ishlari haqida gapirib berar edilar. >>>>

Zumrad va Qimmat

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bor ekan. Uning Zumrad ismli qizi bor ekan. Chol bir qizi bor ayolga uylanibdi. Qizining ismi Qimmat ekan. O‘gay ona Zumradni yoqlirtmas ekan. Eng og‘ir ishlarni unga buyurar, qarg‘ab, urarkan. O‘zining qizini juda yaxshi ko‘rarkan, doim uni maqtagani maqtagan ekan. >>>>

Laylak bilan tulki

Laylak bilan tulki do’st bo’lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga: >>>>

Tulki bilan bo’ri

Qadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning bir ola sigiri bor ekan. Kunlardan bir kuni chol:

— Ey kampir ola qopning unidan, ola sigirning moyidan bir ko’mach qil, — debdi. >>>>

Qo’y bilan bo’ri

Bor ekan-da, yo’q ekan, och ekan-da, to’q ekan, o’tgan zamonda bir ona qo’y bilan bir qari bo’ri o’tgan ekan.

Qo’yning to’rtta qo’zisi bor ekan. Bo’ri qo’zilarning barra go’shtlarini eyish orzusida doim payt poylab yurar ekan, ammo hech ilojini qilolmas ekan. Oxiri bo’ri o’ylab-o’ylab avval qo’y bilan do’st bo’lishga, keyin paytini topib, qo’zilarni eyishga ahd qilibdi. >>>>

Susambil

Bor ekan-u yo’q ekan, och ekan-u to’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg’a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o’rdak surnaychi ekan, g’oz karnaychi ekan. >>>>

Ur, to’qmoq

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Ular ovchilik bilan kun o’tkazar ekanlar. Bir kun chol tuzoq poylab o’tirgan ekan, tuzoqqa katta bir laylak tushibdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqaribdi, laylak odamdek so’zlamoqqa boshlabdi: >>>>

Tulki bilan tovus

Ertagiyo ertagi, echknlarning bo’rtagi, qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, ko’k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ay to’qimchi ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, etti kunlik eri bor, etti kunlik erida dumi kalta bo’ri bor. >>>>

Tulkiboy

Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi. >>>>