Tulki bilan bo’ri

Qadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning bir ola sigiri bor ekan. Kunlardan bir kuni chol:

— Ey kampir ola qopning unidan, ola sigirning moyidan bir ko’mach qil, — debdi. >>>>

Qo’y bilan bo’ri

Bor ekan-da, yo’q ekan, och ekan-da, to’q ekan, o’tgan zamonda bir ona qo’y bilan bir qari bo’ri o’tgan ekan.

Qo’yning to’rtta qo’zisi bor ekan. Bo’ri qo’zilarning barra go’shtlarini eyish orzusida doim payt poylab yurar ekan, ammo hech ilojini qilolmas ekan. Oxiri bo’ri o’ylab-o’ylab avval qo’y bilan do’st bo’lishga, keyin paytini topib, qo’zilarni eyishga ahd qilibdi. >>>>

Susambil

Bor ekan-u yo’q ekan, och ekan-u to’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg’a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o’rdak surnaychi ekan, g’oz karnaychi ekan. >>>>

Ur, to’qmoq

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir kampir bilan bir chol bor ekan. Ular ovchilik bilan kun o’tkazar ekanlar. Bir kun chol tuzoq poylab o’tirgan ekan, tuzoqqa katta bir laylak tushibdi. Yugurib borib laylakni tuzoqdan chiqaribdi, laylak odamdek so’zlamoqqa boshlabdi: >>>>

Tulki bilan tovus

Ertagiyo ertagi, echknlarning bo’rtagi, qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, ko’k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ay to’qimchi ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, etti kunlik eri bor, etti kunlik erida dumi kalta bo’ri bor. >>>>

Tulkiboy

Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi. >>>>

Qarg’a bilan qo’zi

Bor ekan, yo’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg’a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o’rdak surnaychi ekan, g’oz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi. >>>>

Oltin tarvuz

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, o’tgan zamonda bir kambag’al dehqon bor ekan. Uning atigi bir tanobgina eri bor ekan. Dehqon shu erda kechayu kunduz tinmay mehnat qilib kun ko’rar ekan. Bahor kelib qolibdi. Dehqon er hayday boshlabdi. >>>>

Buzoq, echki va qo’zi

Bor ekanda yo’q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo’q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o’tirishni ham xushlamas ekan. >>>>