Och bo‘ri

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, bir och bo‘ri bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni u don yeb yurgan bir xo‘rozni ko‘rib qolibdi. Bo‘ri xo‘rozni ushlash payiga tushibdi. >>>>

Navoiy va Husayn

Alisher Navoiy Husayn Boyqaro saroyida bosh munshiy ekan. Podsho hamma vaqt Navoiyning deganlariga quloq solar ekan. Kunlardan bir kuni Husayn Boyqaro ertalab saroyga kirib ketayotib >>>>

Yo‘lbars bilan tulki

Kunlardan bir kun tulki to‘qayzorda och yo‘lbarsga duch kelib qolibdi. Yo‘lbars bo‘kiribdi, tulki bo‘lsa qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. «Agar uni aldamasam ajalim yetdi», — debdi tulki o‘ziga-o‘zi. Nima qilish kerak? >>>>

Yo‘lbars, kiyik va tulki

Bir kuni yo‘lbars tog‘ etagida aylanib yurib daraxtlar ostidagi ko‘m-ko‘k maysalarni yeb yurgan kichkinagina kiyikchani ko‘rib qolibdi. Kiyikcha yo‘lbarsni ko‘rib, qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. Hech qayerga qochib bo‘lmas ekan-da! >>>>

Yetti dangasa

Bir kuni yetti dangasa bozorga o‘ynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qorinlari ochibdi. Ular pul yig‘ishib, yettita xurmachada qatiq va yettita non olishibdi. >>>>

Tegirmonchi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan bir tegirmonchi bo‘lgan ekan. Tegirmonchining ikkita o‘g‘li bor ekan. O’g‘illarining kattasi dangasa, ishyoqmas ekan. Kichigi mehnatsevar, pishiq, odobli yigit ekan. Bir kuni tegirmonchi ikki o‘g‘lini yoniga chaqirib: >>>>

Baliqchi bola

Burungi zamonda bir chol-u kampir bor ekan. U chol doim baliq ovlab kun o‘tkazar ekan. Har kuni ikkita baliq ushlab, birini chol-kampir pishirib yer ekan, birini sotib o‘tin olishar ekan. Oydan oy o‘tib, yildan yil o‘tib chol-kampir o‘tirib maslahat qilishibdi: “Bizdan keyin yetti yoshli bolamiz qoladi. >>>>

Botir

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda Botir ismli bir yigit bor ekan. Qari onasidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Ona-bola kundalik tirikchiliklarini zo‘rg‘a o‘tkazishar ekan. Kunlardan bir kuni uyda chaksa un ham qolmabdi. Botir yarim qop bug‘doyni ko‘tarib, un qilish uchun tegirmon izlab ketibdi. >>>>

Hunardan unar

Burungi zamonda bir podshoh bor ekan. Bir kuni u bir kambag‘alning qizini olmoqchi bo‘lib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib podshohning so‘zini qizga aytishibdi. Qiz sovchilarga:
— Podshohga borib aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podshoh bir hunar bilsagina tegaman, bilmasa o‘rgansin, — debdi. >>>>