Maqtanchoq jo‘ja

Kichkina bir dalada ona tovuq o‘n bir bolasi bilan birga yashar ekan. Jo‘jalarning o‘ntasi yaxshi va mehribon ekan. Ammo o‘n birinchisi to‘polonchi va o‘ziga bino qo‘ygan ekan. Bu odobsiz jo‘ja onasining so‘zlariga quloq solmas, aka va opalari bilan o‘ynamas ekan. U doimo, mening rangim hammadan chiroyli! Tumshug‘im ham hammanikidan yaxshi! Men hammadan yaxshi ucha olaman,- deb maqtanaverarkan.
— Bir kuni o‘sha mahmadona jo‘ja, men juda chiroyliman. Mening joyim bu yerda bo‘lmasligi kerak. Men chiroyli uyda yashashim kerak, deya o‘ziga mos uy qidirib yo‘lga tushibdi.
— Jo‘ja uzoq yo‘l yurib, soy bo‘yiga yetib kelibdi. Qarasa, soyning yo‘li shox-shabba bilan qoplanib qolgan ekan. Soy jo‘jani ko‘rishi bilan undan yordam so‘rabdi:
— Kelganing yaxshi bo‘ldi. Kel, yo‘limda yotgan shox-shabbani olib tashla.
— Sen meni yo‘lingdagi shox-shabbani olib tashlash uchun bu yerga keldi, deb o‘ylayapsanmi? Yo‘q, men o‘zimga chiroyli uy izlayapman, — debdi jo‘ja.
Jo‘ja shunday deb yo‘lida davom etibdi. Birozdan so‘ng olovni uchratibdi. Olov o‘chib qolay, deb turgan ekan. U jo‘jani ko‘rishi bilan quvonib ketibdi:
— Yaxshiyam kelding. Ustimga biroz o‘tin tashlab yubor. Bo‘lmasa, o‘chib qolaman.
— Boshqa ishim yo‘qmi? Men o‘zimga chiroyli uy izlab yuribman, — debdi jo‘ja.
Jo‘ja yana yo‘lga tushibdi. Va oxiri bir daraxtning yoniga kelib qolibdi. Bu
daraxtni shamol tinimsiz silkitayotgan ekan. Daraxt shoxlarining birida esa chumchuq ini joylashgan ekan. Shamol jo‘jani ko‘rgach deb¬di:
— Seni uchratganim yaxshi bo‘ldi. Da¬raxtning yonidan o‘tmoqchi edim. Ammo daraxtdagi chumchuq bolasini tushirib yuboramanmi, deb o‘ylayapman. Shuning uchun men esayotgan paytda sen inni ushlab qol, xo‘pmi?
— Hech qachon, — deya jo‘ja yo‘lida davom etibdi. So‘ng katta bir ekinzorga yetib kelibdi. U yerda juda chiroyli uy ham bor ekan. Jo‘ja o‘ziga o‘zi debdi:
— Orzu qilgan uyim shu bo‘lsa kerak. Shu uyda yashasam bo‘ladi.
Jo‘ja shunday deb uydagi bir derazadan ichkariga oshib o‘tibdi. U oshxonaning oynasi ekan. U yerda ovqat tayyorlayotgan oshpaz jo‘jani ushlab olibdi:
— Juda isqirt jo‘ja ekan! Avval uni yaxshilab yuvintiramiz. Keyin jo‘jalar turadigan xonaga qo‘yamiz. Katta bo‘lgach, undan yaxshi taom tayyorlaymiz.
Oshpaz idishga ozgina suv quyib, jo‘jani yuvintirishga shaylana boshlabdi.
Jo‘ja suvga qarab debdi:
— Ey, suv, menga yordam ber. Patlarim ho‘l bo‘lib qolishini istamayman.
Shunda suv debdi:
— Sen menga yordam berganmiding?
Suv isiy boshlabdi. Jo‘ja esa qaynab turgan
suvga tushishdan qo’rqibdi. Shuning uchun olovga qarab debdi:
— Ey, olov, menga yordam ber. Suvni juda isitib yuborma. Kuyib qolishdan qo‘rqayapman.
Olovjavob qilibdi:
— O‘zing menga yordam berganmiding?
Shu payt oshpaz issiq suvni jo‘janing ustidan quyibdi.
Jo‘ja tipirchilab, oshpazning qo‘lidan chiqib qochibdi. Ochiq qolgan derazadan tashqariga sakrabdi.
Patlari ho‘l, oyoqlari kuyib qolgan jo‘ja tezroq bu yerdan uzoqlashmoqchi bo‘lib yugura boshlabdi. Ammo shamol uni har tarafga uchiraveribdi.
— Ey, shamol! Menga yordam ber.
Yoqsa, oshpaz meni ushlab oladi, — shamoldan yordam so‘rabdi jo‘ja.
Shamol javob qilibdi:
— Mashaqqat bilan uyga yetib kelgan jo‘ja shu kundan boshlab maqtanchoqlikni tashlabdi.