Donishmand yigit

Qadim zamonlarda bir podsho o‘tgan ekan. U hukm chiqarishda gunohkor va gunohsizlarni chek tashlash yo‘li bilan aniqlar ekan. Gunohkor deb hisoblangan odamni podsho o‘z oldiga chaqirib, bir qutini ko‘rsatar ekan. >>>>

Halollik

O‘tgan zamonda bir dehqon bo‘lgan ekan. Uning kambag‘al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni u dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi. Dehqon yerning bir chekkasini kambag‘al oshnasiga sotibdi. >>>>

Botir mergan va chaqimchi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, tog‘ oralig‘ida, qirq uyli ovulda Botir degan o‘tyurak mergan yigit o‘tgan ekan. Bir yili qish qattiq kelib, ovulning moli qirilibdi. >>>>

Gul o‘stirolmagan bola

Qadim zamonlarda bir mamlakatda donishmand bir qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni qirol: “Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o‘zimga o‘g‘il qilib olsam”, deb o‘ylabdi va mamlakatdagi barcha bolalarga gul urug‘i ulashishni buyuribdi. >>>>

Non va tilla

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, O‘ktam degan bir kambag‘al dehqon bor ekan. Bir parcha non topsam, deb erta-yu kech ishlar ekan, bo‘sh qolsa qani endi davlat topib olsam-u, boyib ketsam, deb hayol surar ekan. >>>>

Dangasalar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni podshoga, «qishloqning chekka joyida uchta dangasa ochlikdan o‘lay deb yotishsa ham, mehnat qilishni sira ham istamas ekanlar», degan xabarni yetkazishibdi. >>>>

Farosatsiz eshak

Bir eshak bor ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan.
Kunlardan bir kuni u bir boqqa kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun-tarvuz-u, qovoqlar pishib yotgan emish. >>>>

Uch og’a-ini botirlar

Bor ekan, yo’q ekan, bir zamonda bir kishi bo’lgan ekan. Boy ham, kambag’al ham emas ekan. Uning uchta o’g’li bor ekan, uchovi ham o’qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o’zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To’ng’ichi yigirma bir yoshda, o’rtanchasi o’n sakkiz yoshda, kenjasi o’n olti yoshda ekan. >>>>

Bo‘z bola

Bor ekanu yo‘q ekan,
Och ekanu to‘q ekan.
Bo‘ri bakovul ekan,
Tulki yasovul ekan,
Qarg‘a qaqimchi ekan,
Chumchuq chaqimchi ekan. >>>>