Qadim zamonlarda Taygada yashagan dono toshbaqa bor edi. Uning yonida yashagan barcha hayvonlar uni juda aqlli va dono deb hisoblashgan va ular tez-tez yordam va maslahat uchun unga murojaat qilishgan. >>>>
Jahon xalq ertaklari
Qishloqdagi maktab
Bir qishloqda maktab bor edi. Maktabda qishloqning barcha bolalari borar edi va o’qituvchi juda qattiq va talabchan edi.
Ammo bir kuni o’qituvchi kasal bo’lib, darsga kela olmadi. Bolalar juda xafa bo’lishdi, chunki ular imtihon topshirish va yaxshi baho olish uchun o’qishlari kerak edi. >>>>
Aqlli quyon
Qadim zamonda oʼrmonda bir quyon yashar ekan. U juda aqlli va har doim har qanday vaziyatdan chiqish yoʼlini topardi. Bir kuni quyon ovchi tomonidan tuzoqqa tushib qoldi. >>>>
Quyonning labi nega tirtiq?
Bir kun quyonlar baland bir qarag’ay tagiga to’planib o’zlaricha masla- hat qilishibdi. Ular kuyib-pishib, har qaysisi o’z taqdiridan nolibdi. >>>>
Tulki bilan chumoli
Tulki bilan Chumoli do’st bo’lib bug’doy sepishibdi. Ayyor Tulki har kuni qornim og’riyapti, boshim zirqirayapti degan bahona bilan dalaga chiqmabdi. Chumolining bir o’zi ertadan-kechgacha ishlab suv quyar, o’toq qilar ekan. Nihoyat, bug’doy pishibdi. >>>>
Samoviy poyga
Qadim-qadim zamonda Koinot atalmish bepoyon saroyda 9 ta aka-uka sayyora boʻlgan ekan. Quvnoq Merkuriyjon, yoqimtoy Veneraxon, hazilkash Yer, kulsa ham, yigʻlasa ham, uyalsa ham, darrov qip-qizarib ketadigan Mars, shirinlikxoʻr Yupiter, ozgʻin boʻlay deb hamisha halqa aylantirib yuradigan Saturn, yuvvoshgina Uran, Neptun bilan Plutonlar ahil-inoq yashagan ekanlar. >>>>
Qaysi qush baxtli?
Qadim o‘tgan zamonda, uzoq o‘lkalardagi qalin o‘rmon ichida bir qarg‘a yashagan ekan. U o‘z umridan juda mamnun, baxtli hayot kechirar ekan. Biroq bir kuni ko‘kda viqor bilan uchib ketayotgan oqqushni ko‘ribdi-yu, o‘ylab qolibdi: “U juda ham oppoq qush ekan. Shuning uchun juda chiroyli. Men esa qop-qoraman. Nazarimda, oqqush dunyodagi eng baxtli qush bo‘lsa kerak”. >>>>
Ikki to‘lqin
Bir dengizda ikkita to‘lqin yasharkan. Birining nomi Katta to‘lqin, ikkinchisi Kichik to‘lqin ekan. Ular juda inoq bo‘lib, doim birga suzib yurisharkan.
Kichik to‘lqin juda ochiqko‘ngil ekan, baliqlar, shamol va boshqa to‘lqinlar bilan birga o‘ynarkan. Katta to‘lqin esa shiddatli va shafqatsiz bo‘lib, yo‘lida nima uchrasa, urilib, bosib, buzib o‘tib ketarkan. >>>>
Maqtanchoq
Bir mevali daraxt mevasiz daraxt bilan yonma-yon o‘sar ekan. Kunlardan bir kuni mevali daraxt debdi:
– Insonlarga mening ko‘p foydam tegadi, chunki ularga shirin mevalar beraman. Ammo sendan hech qanday foyda yo‘q, meva qilmaysan. Sening o‘rningda bo‘lganimda, uyatdan xijolat chekib, qurib qolardim.
Sichqonga aylangan yo‘lbars
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ko‘m-ko‘k o‘rmon yoqasida bir uy bor ekan. Bu uyda bir keksa kampir yolg‘iz yashar ekan. Bir kuni kampir eshik yonida ip yigirib o‘tirganda, qarg‘a quvlab kelayotgan sichqonni ko‘rib qolibdi. Kampir o‘rnidan turib, qarg‘ani kaltak bilan haydabdi. Sichqonni uyga olib kirib, oldiga bir kaft guruch to‘kibdi. >>>>