Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim. >>>>
She’rlar
Muallimim
Ko‘z o‘ngimda
Ochdi dunyo
Muallimim. >>>>
O‘quvchiga esdalik
Bo‘lay desang bog‘bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak- >>>>
To‘rt sehrgar
Bor edi to‘rt og‘ayni,
yetilgan payti ayni.
Bular to‘rt so‘z-ibora,
Zo‘r ma’nodan iborat. >>>>
Ertaklarim
Ertaklarim, ertaklarim,
Berdim mehrim, yuraklarim.
Siz tufayli kulib turar
Ulug‘-ulug‘ istaklarim,
Ertaklarim.
To’p
To’pim, to’p-to’p etasan,
Ursam uchib ketasan.
Havolanib nariga —
Do’stlarimga yetasan.
O’ynatasan ko’zimni >>>>
Kapalak
Hoy, kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Muncha shoshib uchasan,
To’xta, so’zlayin andak.
Uchrataman har kuni >>>>
Tish cho‘tka, poroshok va atirsovun ertagi
O‘qib ko‘ring, do‘stlarim,
Yozdim sizga bir ertak.
Yaxshi payqab oladi
Bo‘lib tursa kim sergak.
Afsona deb o‘ylamang
Yozganimni tag‘in siz. >>>>
Bahor keldi
Qo‘llarida soz bilan,
Gul g‘uncha parvoz bilan,
Silkinib parvoz bilan,
Uchib turna, g‘oz bilan,
Qadrdon bahor keldi.
>>>>
She’rim, ochil dasturxon
She’rim, ochil dasturxon,
She’rim — ochiq dasturxon.
El o‘g‘lin qilay mehmon,
Bo‘layin ulkan mezbon.
Shoiringman mehribon,
Qilgim kelar ulkan ish,
Dunyoda eng ko‘rkam ish.
She’r bulog‘im qayna, jo‘sh, >>>>