Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, uch opa-singil daryolar bo‘lgan ekan. Kattasining ismi Amudaryo, o‘rtanchasiniki Sirdaryo va kenjasining ismi Zarafshon ekan. Amudaryo kattasi bo‘lgani uchun Tojikistonning Panj viloyatidan Orol dengizigacha bo‘lgan masofada yumushlarni bajarar, hammaga shirindan shakar zilol suvini ulashar ekan. Amudaryoni barcha dov-daraxtlar, giyohlar va ekin-tikinlar yaxshi ko‘rar ekan. U Qoraqum va Qizilqum cho‘llarini ikkiga ajratib turarkan. O‘zbekiston orqali turkman eliga o‘tib, suv tashir, qaytib kelib, Orol dengiziga quyilarkan. Uning shahdu shiddati juda mo‘l, ko‘plab ishlarni yolg‘iz o‘zi bajarar ekan.