Savollarga javoblar

–  Til nimaga berilgan
Qizlar bilan bolaga?
– Tongda salom aytgani
Ota bilan onaga.Xafa bo‘lib gohida
Qovog‘ini uyganda,
Shu payt shirin so‘z kerak,
Qalbiga nur quyganda.

– Qo‘l nimaga berilgan?
– Yerga don-dun sochgani.
Erta bahor kelganda,
Bog‘ jamolin ochgani.
Turli hunar o‘rganib,
Turfa kasbni bilishga.
Yiqilganni turg‘azib,
Savob ishlar qilishga.

– Quloq nega berilgan?
– Yaxshi gapni uqishga.
Ota bilan onaning
So‘zin yodda tutishga.
Donolar nasihatin
Ilib olsa qulog‘ing,
Ishing kelib  o‘ngidan,
Chopqir bo‘lar oyog‘ing.

– Aql nega berilgan?
– Halol mehnat qilgani.
Nafsga qul bo‘lmasdan,
Poklikka intilgani.

Xolmurod Safarov