Baqa va buqa

— Ota, — debdi kichkina Baqa ko‘lmakda turgan katta Baqaga, — men shunaqangi bir qo‘rqinchli maxluqni ko‘rdimki! U tog‘dek ulkan edi. Uning boshida shoxi, uzun dumi, tuyoqlari bor edi. >>>>

Qafasdagi qush va koʻrshapalak

Sayroqi Qushni qafasga qamab oyna tashqarisiga osib qo‘yishgandi. U faqat tunda, hamma qushlar uyquga ketgandagina sayrardi. Bir kuni kechasi Ko‘rshapalak kelib qafas panjarasiga chirmashib olibdi. >>>>

Tovuq bilan tulki

Baland daraxt shoxiga qo‘nib, qag‘-qag‘lab yotgan Tovuqning tovushi butun o‘rmonga taralib, ochlikdan sillasi qurigan Tulkining e’tiborini tortibdi. Tovuqning baland shoxda turganini ko‘rgan Tulki uni hiyla bilan pastga tushirib, yemoqchi bo‘libdi. >>>>

Sichqonlar kengashi

Mushukning doimiy xavf solishidan tushkunlikka tushgan sichqonlar muammolarini hal qilish uchun kengash chaqirishibdi. Ular birin-ketin bildirilgan rejalarni tahlil qilib, ularni rad eta berishibdi. >>>>

Tulki va echki

Baxtsiz tasodif tufayli bir Tulki o‘raga tushib ketibdi. U hech o‘radan chiqishning ilojini qilolmabdi. Bir payt tepadan Echki o‘tib qolibdi. U Tulkidan pastda nima qilayotganini so‘rabdi. >>>>

Ikki do‘st va ayiq

Ikki do‘st o‘rmonda aylanib yurganlarida to‘satdan ayiqqa duch kelib qolishibdi. Ulardan birinchisi shoshib daraxtga chiqib olibdi va ayiqning changalidan qutulib qolibdi. >>>>

Eshak bilan baqalar

Ustiga o’tin ortilgan eshak botqoqdan o’tayotgandi, toyib ketib yiqildi. Eshak o’rnidan turishga harchand urinmasin — bo’lmadi: oh-voh qilib faryod cheka boshladi. Botqoqda yashovchi baqalar uning holini ko’rib dedilar: «Birodar, botqoqqa endigina yiqilganing holda shunchalar nola chekasan, bizga o’xshab umring shu yerda o’tganida nima qilarding?!» >>>>