Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, uch opa-singil daryolar bo‘lgan ekan. Kattasining ismi Amudaryo, o‘rtanchasiniki Sirdaryo va kenjasining ismi Zarafshon ekan. >>>>
O‘zbek xalq ertaklari
Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi
Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. >>>>
Qalam va sichqon
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi. >>>>
Chol bilan sichqon
Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan. Qadim zamonda shu go‘zal Nanay tomonda bir chol-u kampir bor ekan. Bular baxt uchun tug‘ilgan ekan. Ammo choli tushmagur anqovroq ekan. >>>>
Bahodir tabib
Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli kunlar ham uzoq davom etmabdi. Avvaliga buvisi, keyin buvasi qazo qilibdi. Bahodir bir o‘zi qolibdi.
Maqtanchoq kesak
Kunlarning birida eski uyning devoridan bir kesak yerga tushibdi. U katta va qalin devor orasida yillar davomida dimiqib yotgan ekan. Quyoshga qarab, ko‘zlarini ocholmabdi. Birozdan so‘ng qisiq ko‘zlarini battar qisgancha atrofni kuzata boshlabdi. Sal narida qimir etmay turgan toshga ko‘zi tushibdi. Uning yoniga dumalab borib, qo‘rslik bilan savolga tutibdi: >>>>
Piyozvoy nega xomush?
Oshxonada savlat toʻkib turgan javon ichida yotaverib zerikkan sabzavotlar oʻzaro gurungga kirishibdi.
Suhbatni bir tomoni oftob koʻrmay sargʻayib pishgan Pomidor boshlabdi:
– Shakl jihatdan kamina ham meva, ham sabzavotga oʻtaveraman. Ayniqsa, shu xonadonning chaqqon qizi Munisa meni juda ham yaxshi koʻradi, – dedi va qoʻshib qoʻydi, – goh “oltin olma”, goh pomidorim – hammasi dorim, deb erkalaydi. Shifobaxshligim bois men odamlarga juda kerakman! >>>>
Kampir va bo‘ri
Bor ekan-da, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir chol-u kampir bo‘lgan ekan. Ularning bitta qizil xo‘rozi, bitta oq kuchugi va yetti echkisi bor ekan. Ularga yaqin joyda bir bo‘ri ham yashar ekan. Bir kuni kechasi chol-u kampirning uyiga bo‘ri kelibdi va ostonadan turib, ulibdi: >>>>
Chol bilan bo‘ri
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir bo‘ri bor ekan. Bo‘ri qo‘ylarga hujum qilaverib, cho‘ponlarning joniga tegibdi. Ular ovchiga arz qilibdilar. Ovchi bo‘ri izidan tushib o‘rmonga kiripti. Bo‘ri qo‘rqib o‘rmondan qochib chiqibdi. Ovchi uni tirqiratib quvipti. >>>>
A’lochi xo‘rozcha
Tanishing men birinchi –
«B» sinfda o‘qiyman.
O‘ttiz beshta harfning
Barin yaxshi «cho‘qiyman».
Ayniqsa-chi, go‘zal «T»
Ko‘zga darrov tashlanar.
Chunki, oyim nomlari
Shu harfdan boshlanar. >>>>