Husayn mirzoning qirq vaziri bor ekan. Qirqinchisi Alisher Navoiy ekan. Bir kam qirq vazir Navoiyni Husayn mirzoga yomonlay beribdi. Husayn mirzo Alisherni vazirlikdan bo‘shatibdi. >>>>
O‘zbek xalq ertaklari
Yalmog‘iz kampir
Bor ekanda, yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan. Burungi zamonda chol-u kampir bor ekan. Bularning bir o‘g‘li bor ekan. O‘g‘lining bir oltin soqqasi bor ekan. Kunlardan bir kun tirama bo‘lib sovuq tushib qolibdi. Bular yaylovdan qishloqqa ko‘chibdi. Bolaning oltin soqqasi yaylovda esidan chiqib qolibdi. Keyinchalik esiga tushib: >>>>
Xurmacha polvon
Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan. Bir chol-u kampir bor ekan. Bularning echkisi ko‘p ekan-u, bolasi yo‘q ekan. Kunlardan bir kun kampir sut pishirib o‘tirib: “Mening bolam bo‘lsa edi, sut desa sut bersam, qaymoq desa qaymoq bersam, qatiq desa qatiq bersam”, debdi. >>>>
Shayton bilan dehqon
Bir kuni shayton bilan dehqon uchrashib qolibdi, ikkisi bir boyning yerini ijaraga olib dehqonchilik qilmoqchi bo‘lishibdi. Yerni haydab, ekishga tayyorlashibdi. Maslahat bilan jo‘xori ekishibdi. Jo‘xori pishibdi. Ikkisi hosilni bab-baravar bo‘lish to‘g‘risida maslahatlashibdi. Dehqon shaytonga: >>>>
Til tig‘dan o‘tkir
O’tmish zamonda bir mamlakatning podshosi qattiq kasal bo‘lib qolibdi. Mashhur tabiblar ham ko‘rib uni tuzata olmabdilar. Nig‘oyat, bir donishmand chol podsho qoshiga kelib: >>>>
Bo‘ri bilan mergan
Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, tovuq toq etdi, bilmadim qaqqa ketdi. >>>>
Qarg‘a bilan qo‘zi
Bor ekan, yo‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi. >>>>
Yaxshivoy bilan Yomonvoy
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shaharda, bir kunda ikki oilada farzand tug‘ilibdi. Birinchisining tug‘ilishi xavo aynigan, yomg‘ir yoqqan paytga to‘g‘ri kelibdi. Shuning uchun unga Yomonvoy deb nom qo‘yishibdi. Ikkinchisi esa yomg‘ir tinib, havo ochilib, oftob chiqqan vaqtda tug‘ilibdi. >>>>
Kenja o‘g‘il
Bir chol bor ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Bir kun chol o‘libdi. Choldan bolalariga uchta narsa: keli, kelisop, narvoncha qolibdi. Katta o‘g‘li, kelini, o‘rtanchasi kelisopni, kichigi narvonchani olibdi. Kichik o‘g‘il narvonchani ko‘tarib yetti kunlik yo‘lga tushibdi. Bir joyga borsa, bir boyning uyidan tutun chiqib turgan emish. >>>>
Hunarli yigit
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir shaharda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning Mamatboy degan bitta-yu bitta o‘g‘li bor ekan.
Kampirning ota meros bir hovlisi bor ekan. Chol-kampir bu hovlini uch yuz tillaga sotishibdi va maslahatlashib o‘g‘lini savdo ishiga o‘rgatmoqchi bo‘lishibdi. >>>>