Kunlarning birida eski uyning devoridan bir kesak yerga tushibdi. U katta va qalin devor orasida yillar davomida dimiqib yotgan ekan. Quyoshga qarab, ko‘zlarini ocholmabdi. Birozdan so‘ng qisiq ko‘zlarini battar qisgancha atrofni kuzata boshlabdi. Sal narida qimir etmay turgan toshga ko‘zi tushibdi. Uning yoniga dumalab borib, qo‘rslik bilan savolga tutibdi: >>>>
O‘zbek xalq ertaklari
Piyozvoy nega xomush?
Oshxonada savlat toʻkib turgan javon ichida yotaverib zerikkan sabzavotlar oʻzaro gurungga kirishibdi.
Suhbatni bir tomoni oftob koʻrmay sargʻayib pishgan Pomidor boshlabdi:
– Shakl jihatdan kamina ham meva, ham sabzavotga oʻtaveraman. Ayniqsa, shu xonadonning chaqqon qizi Munisa meni juda ham yaxshi koʻradi, – dedi va qoʻshib qoʻydi, – goh “oltin olma”, goh pomidorim – hammasi dorim, deb erkalaydi. Shifobaxshligim bois men odamlarga juda kerakman! >>>>
Kampir va bo‘ri
Bor ekan-da, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir chol-u kampir bo‘lgan ekan. Ularning bitta qizil xo‘rozi, bitta oq kuchugi va yetti echkisi bor ekan. Ularga yaqin joyda bir bo‘ri ham yashar ekan. Bir kuni kechasi chol-u kampirning uyiga bo‘ri kelibdi va ostonadan turib, ulibdi: >>>>
Chol bilan bo‘ri
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir bo‘ri bor ekan. Bo‘ri qo‘ylarga hujum qilaverib, cho‘ponlarning joniga tegibdi. Ular ovchiga arz qilibdilar. Ovchi bo‘ri izidan tushib o‘rmonga kiripti. Bo‘ri qo‘rqib o‘rmondan qochib chiqibdi. Ovchi uni tirqiratib quvipti. >>>>
A’lochi xo‘rozcha
Tanishing men birinchi –
«B» sinfda o‘qiyman.
O‘ttiz beshta harfning
Barin yaxshi «cho‘qiyman».
Ayniqsa-chi, go‘zal «T»
Ko‘zga darrov tashlanar.
Chunki, oyim nomlari
Shu harfdan boshlanar. >>>>
Yirtqich
Oyisiga ergashib
O‘ynab kelgan Tulkicha,
Qo‘shni qari Bo‘riga
Maqtanib qoldi picha:
– Ayiq katta bo‘larkan,
Hech ko‘rmagan ekanman. >>>>
Eshakning ertagi
Bo‘lgan ekan bir Ho‘tik
Sho‘x va qaysarroq.
O‘g‘irlarkan qizlardan
Ko‘zgu va taroq.
Boqar ekan ko‘zguga
Tarab yollarin.
Hayron qilib yurarkan
Echki, mollarni. >>>>
O‘rmonda ziyofat
Sher oshxona ochibdi
O‘rmonda bugun,
Yovvoyi va xonaki
Hayvonlar uchun.
Pishar turli taomlar
Qozonda «jaz-jaz».
Bo‘rivoy – o‘t qalovchi,
Quyon – bosh oshpaz. >>>>
Bo‘rining doktor bo‘lgani haqida ertak
Nelar bo‘lmas jahonda!..
Yer go‘yo ters aylandi. –
Doktorlikka, o‘rmonda,
Yirtqich Bo‘ri saylandi.
Ana, qarang,
Tish qayrab
O‘tirar shum shifokor.
Yo‘lga boqar jovdirab, >>>>
Tulkining jazosi
Kunlarning birida bir gala tovuq tulkining ustidan ayiqqa arz qilib boribdi.
– Taqsir, tulkining dastidan kun ko‘rolmayapmiz. U hech kimdan tap tormaydi. >>>>