Sholg‘om

Bir bor ekan, bir yoq ekan, qadim zamonda Bobo sholg‘om ekibdi. Sholg‘om kattakon bo‘lib, o‘sib yetilibdi.
Bobo sholg‘omni tortib olgani boribdi. Tortib, tortib, yerdan tortib ololmabdi.
Shunda bobo buvini yordamga chaqiribdi.
Buvi boboni, bobo sholg‘omni tortibdi-toritibdi, biroq sholg‘om o‘rnidan qo‘zg‘almabdi.
Buvi nabirasini yordamga chaqiribdi.
Nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg‘omni tortishib-tortishib, bu safar ham tortib olisholmabdi.
Nabira kuchukni yordamga chaqiribdi.
Kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg‘omni tortishibdi-tortishibdi, biroq sholg‘omni tortib olisholmabdi.
So‘ngra kuchuk mushukni chaqiribdi.
Mushuk kuchukni, kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg‘omni tortishibdi-tortishibdi, lekin tortib olisholmabdi.
Shundan so‘ng mushuk sichqonchani yordamga chaqiribdi.
Sichqon mushukni, mushuk kuchukni, kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg‘omni tortishibdi-tortishibdi va oxiri tortib olishibdi.