Kulcha

Non yopganda, non yopganda,
Mening oyim, mening oyim.

Issiq kulcha, issiq kulcha,
Yopar doim, yopar doim.

Kulcha juda mazzali,
Sedanali, jizzali.

Yegan sari yegim kelar,
Rahmat oyi, degim kelar.

Yegan sari yegim kelar,
Rahmat oyi, degim kelar.