Yaxshivoy bilan Yomonvoy

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shaharda, bir kunda ikki oilada farzand tug‘ilibdi. Birinchisining tug‘ilishi xavo aynigan, yomg‘ir yoqqan paytga to‘g‘ri kelibdi. Shuning uchun unga Yomonvoy deb nom qo‘yishibdi. Ikkinchisi esa yomg‘ir tinib, havo ochilib, oftob chiqqan vaqtda tug‘ilibdi. >>>>

Kenja o‘g‘il

Bir chol bor ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Bir kun chol o‘libdi. Choldan bolalariga uchta narsa: keli, kelisop, narvoncha qolibdi. Katta o‘g‘li, kelini, o‘rtanchasi kelisopni, kichigi narvonchani olibdi. Kichik o‘g‘il narvonchani ko‘tarib yetti kunlik yo‘lga tushibdi. Bir joyga borsa, bir boyning uyidan tutun chiqib turgan emish. >>>>

Hunarli yigit

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir shaharda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning Mamatboy degan bitta-yu bitta o‘g‘li bor ekan.
Kampirning ota meros bir hovlisi bor ekan. Chol-kampir bu hovlini uch yuz tillaga sotishibdi va maslahatlashib o‘g‘lini savdo ishiga o‘rgatmoqchi bo‘lishibdi. >>>>

Ayyor ko‘mirchi

Ko‘mirchi o‘rmonga borib, pista ko‘mir qilmoqchi bo‘libdi. Yo‘lda unga ayiq duch kelibdi. Ortidan qobon ham kelayotgan ekan.
Ayiq ko‘mirchini ko‘rib debdi:
— Hoy yaxshi odam, qornim och, men seni yeyman.
Ko‘mirchi ayiqqa javoban debdi: >>>>

Maqtanchoq jo‘ja

Kichkina bir dalada ona tovuq o‘n bir bolasi bilan birga yashar ekan. Jo‘jalarning o‘ntasi yaxshi va mehribon ekan. Ammo o‘n birinchisi to‘polonchi va o‘ziga bino qo‘ygan ekan. Bu odobsiz jo‘ja onasining so‘zlariga quloq solmas, aka va opalari bilan o‘ynamas ekan. U doimo, mening rangim hammadan chiroyli! Tumshug‘im ham hammanikidan yaxshi! Men hammadan yaxshi ucha olaman,- deb maqtanaverarkan. >>>>

Uch shahzoda

Qadim zamonda bir podsho bo’lgan ekan. Uning uch o’g’li bo’lib, uchalasi ham bir-biridan aqlli, dono va dovyurak bo’lgan ekan. Pod¬sho qarib, qolgan umrini yolg’izlikda, toat-ibodatda o’tkazishga qaror qilibdi. Lekin o’miga qaysi o’g’lini podsho qilib tayinlashni bilmay, o’ylanib qolibdi. Uzoq o’ylabdi, baribir o’g’illarining uchalasi ham bir-biridan o’tadiganday tuyulaveribdi. Oxiri podsho maslahatchilarini yig’ib, o’z fikrini ularga izhor etibdi: >>>>

O‘n ikki oy

Bir ayolning ikki qizi bo‘lgan ekan. Qizlarning birini ayol o‘zi tuqqan bo‘lib, ikkinchisi o‘gay ekan. Ayol o‘z qizini jonidan yaxshi ko‘rar, ammo o‘gay qizini ko‘rishga toqati yo‘q ekan. Bunga sabab o‘gay qiz Marushka Olenadan chiroyliroq ekan. Ammo Marushka o‘zining husn-malohatidan bebahra ekan, husn haqida o‘ylamas ham ekan. O‘gay ona uni ko‘rishi bilan qovoqlarini uyib olishidan boyaqish qiz o‘gay onamga nimadir yoqmadi, shekilli, deb o‘ylar ekan. >>>>

Toshqotgan ajdarho

Qadimda Boysun bilan Sho‘rchi orasidagi kichik so‘qmoq Qoradaradan o‘tardi. Savdogar, yo‘lovchi karvonlari ming azob bilan dara ichidan o‘tib, Hisor tomonlarga borishardi. >>>>