Suhbat

Kechqurun ikki oshna uchrashib qolishibdi. Biri ikkinchisidan so‘rabdi:
— Xo‘sh, bugun nima ishlar qilding?
— Qo‘lqoplarimni axtardim.
— Topdingmi?
— Topdim.
— Xo‘sh, ular qaerda ekan?
— E, kamarimda qistiriglik turgan ekan. O‘zingga yo‘l bo‘lsin?
— Yetti chaqirimli yo‘lga ketyapman.
— Kisel ichishgami?
— Yo‘q, chivinni izlab topishga.
— Qaysi chivinni?
— Burnimdan chaqmoqchi bo‘lgan chivinnida.
— Axir u oldingda-ku!
— Qani, qani?
— Ana, burning tagida!