Kunlarning birida quyonlar bir joyga yig‘ilishib, o‘z taqdirlaridan nolishibdi:
Odamlar, itlar, burgutlar na boshqa hayvonlar dastidan dod! Bir umr qo‘rquvda yashaguncha bir marta o‘lgan yaxshi, kelinglar, o‘zimizni suvga tashlab o‘lamiz!
Sung quyonlar o‘zlarini suvga g‘arq qilish uchun ko‘l tomonga yugurib ketishibdi. Sohildagi baqalar quyonlar sharpasini eshitib, o‘zlarini suvga otishibdi.
Buni ko‘rib bir quyon debdi:
To‘xtanglar, to‘xtanglar! O‘zimizni suvga tashlab o‘lishni to‘xtatib turamiz. Mana, qaranglar, baqalarning ahvoli biznikidan ham beshbattar ekan: ular hatto bizdan ham qo‘rqishar ekan-a!