Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda o‘nta aka-uka qarindoshlar bor ekan. Ularning to‘qqiztasi dangasa, bittasi abjir, hammasining kasbi aravasoz ekan. >>>>
O‘zbek xalq ertaklari
Chol bilan kampir
O‘tgan zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Bularning tirikchiligi o‘tin sotib kun kechirish ekan. Kampir har kuni ko‘moch qilib berar ekan. Chol har kun o‘tin terib kelar ekan. >>>>
Mushuk bilan chumoli
Juda ham semirib, yiltillab ketgan Mushuk yo‘l yoqasida mudrab o‘tirgan ekan. Ashula aytib, ishga ketayotgan Chumoli Mushukni ko‘rishi bilan jimib qolibdi-da, qadamini sekinlatibdi. Qo‘rqqanidan emas, Mushukni uyg‘otmaslik uchun shunday qilibdi. >>>>
Ovchi va qushlar
Bir ovchi daraning chekkasiga to‘rdan tuzoq qo‘yibdi. To‘r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to‘da qushlar tuzoqqa ilinib qolibdi. >>>>
Yaxshilikka yomonlik
Bir kishi tuya minib, safarga chiqibdi. Sahroda karvonlar olov yoqib o‘tirishganini ko‘rib qolibdi. Bu kishi borib yetguncha ular jo‘nab ketishibdi. Shu payt qattiq shamol turib, o‘chgan olovning cho‘g‘i uchqunlabdi. >>>>
Ikki vazir voqeasi
Bor ekan, yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir tadbirkor shoh yashagan ekan. Uning ikki vaziri bo‘lgan ekan. Vazirlar ko‘p ovqat yer, ko‘p uxlab, kam harakat qilib yashashar ekan. >>>>
Chumchuqcha
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, sariq tumshuqli bir chumchuqcha bor ekan. Uning oti Botmon ekan. U hammom derazasi ustidagi xas-xashak va boshqa yumshoq narsalardan qilingan issiq inida yashar ekan. >>>>
O‘tinchi yigit bilan sher
Bir yigit dalaga o‘tin tergani chiqibdi. Bir daraxt yoniga kelib, uni yiqitmoqchi bo‘libdi. Shu payt bir sher kelib:
— Ey, odam, bu yerga nimaga kelding? — debdi. >>>>
Tulki bilan turna
Kunlardan bir kuni Tulki bilan Turna do‘st bo’lishib, birga yashay boshlashibdi. Turna bola ochibdi. Ularni ko‘z qorachig‘iday asrab, ardoqlabdi. Tulki esa Turnaning bolalariga ko‘z olaytirib: «Yesang maza qilasan-da», — debdi ichida. >>>>
Shirin uyqu
Bir odamning uchta o‘g‘li bor ekan. U vafoti oldidan o‘g‘illariga: «Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng», -deb vasiyat qilibdi. >>>>