Bir kuni yetti dangasa bozorga o‘ynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qorinlari ochibdi. Ular pul yig‘ishib, yettita xurmachada qatiq va yettita non olishibdi. >>>>
Автор:
Tegirmonchi
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan bir tegirmonchi bo‘lgan ekan. Tegirmonchining ikkita o‘g‘li bor ekan. O’g‘illarining kattasi dangasa, ishyoqmas ekan. Kichigi mehnatsevar, pishiq, odobli yigit ekan. Bir kuni tegirmonchi ikki o‘g‘lini yoniga chaqirib: >>>>
Baliqchi bola
Burungi zamonda bir chol-u kampir bor ekan. U chol doim baliq ovlab kun o‘tkazar ekan. Har kuni ikkita baliq ushlab, birini chol-kampir pishirib yer ekan, birini sotib o‘tin olishar ekan. Oydan oy o‘tib, yildan yil o‘tib chol-kampir o‘tirib maslahat qilishibdi: “Bizdan keyin yetti yoshli bolamiz qoladi. >>>>
Kitob va yozuv (topishmoqlar)
Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi. >>>>
Botir
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda Botir ismli bir yigit bor ekan. Qari onasidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Ona-bola kundalik tirikchiliklarini zo‘rg‘a o‘tkazishar ekan. Kunlardan bir kuni uyda chaksa un ham qolmabdi. Botir yarim qop bug‘doyni ko‘tarib, un qilish uchun tegirmon izlab ketibdi. >>>>
Hunardan unar
Burungi zamonda bir podshoh bor ekan. Bir kuni u bir kambag‘alning qizini olmoqchi bo‘lib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib podshohning so‘zini qizga aytishibdi. Qiz sovchilarga:
— Podshohga borib aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podshoh bir hunar bilsagina tegaman, bilmasa o‘rgansin, — debdi. >>>>
Tentak podsho
Bir tentakka otasidan podsholik meros qolibdi. U tentak gap-so‘zda yo‘q ekan. Biror yig‘ilishda gapirmoqchi bo‘lsa, maza-bemaza gaplarni gapirib qo‘yar ekan. Bundan vazirlari ko‘p o‘sal bo‘lishar ekan. Ular bir kuni maslahat qilishib, podshoga shunday deyishibdi: >>>>
Ayyor bilan sodda
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda bo‘lgan ekan.
Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi bo‘lib olmoqchi bo‘lishibdi. >>>>
Qo‘y bilan bo‘ri
Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, o‘tgan zamonda bir ona qo‘y bilan bir qari bo‘ri o‘tgan ekan.
Qo‘yning to‘rtta qo‘zisi bor ekan. Bo‘ri qo‘zilarning barra go‘shtlarini yeyish orzusida doim payt poylab yurar ekan, ammo hech ilojini qilolmas ekan. >>>>
Eshak bilan baqalar
Ustiga o’tin ortilgan eshak botqoqdan o’tayotgandi, toyib ketib yiqildi. Eshak o’rnidan turishga harchand urinmasin — bo’lmadi: oh-voh qilib faryod cheka boshladi. Botqoqda yashovchi baqalar uning holini ko’rib dedilar: «Birodar, botqoqqa endigina yiqilganing holda shunchalar nola chekasan, bizga o’xshab umring shu yerda o’tganida nima qilarding?!» >>>>