Ota nasihati

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, bir dehqon o‘tgan ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Uch o‘g‘lidan ikkitasini uylantirib, joylagan ekan. Ular o‘z oilalari bilan alohida bo‘lib chiqib ketishgan ekan. >>>>

Aqlli, idrokli, zehnli

O‘tgan zamonda bir boy yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bo‘lib, uchalasi ham zo‘r bilimdon ekan.
Kunlardan bir kuni mo‘ysafid ota betob bo‘lib yotib qolibdi. U uchala bolasini oldiga chaqirib, nasihat qilibdi:
— Bolalarim, agar qazom yetib o‘lsam, bog‘dagi katta uzumning tagiga har biri otning kallasidek keladigan uchta oltin ko‘mganman. Shuni uchalang boshqa shaharga olib borib, bo‘lashib olinglar. >>>>

Oltin olma

O‘tgan zamonda ikki qo‘shni yashagan ekan. Biri boy, lekin befarzand, ikkinchisi esa bola-chaqasi ko‘p-u, biroq nihoyatda kambag‘al ekan.
Bola-chaqasi ko‘p kambag‘al qo‘shnining uyi kecha-yu kunduz shovqin-suron, to‘polon, bag‘ir-bug‘ur bo‘lib, boy qo‘shnisiga hech tinchlik bermas ekan. >>>>

Bo‘ri bilan mushuk

O‘rmondan qishloqqa halloslab chopib
Kirib keldi bir kun ochofat Bo‘ri.
Mehmon bo‘lib emas — bir panoh topib —
O‘zin qutqarmasa — quriydi sho‘ri. >>>>

Chumoli

Bor ekan bir Chumoli, juda pahlavon,
Bunaqasin sira ko‘rmagan tarix.
Derlarki u (darj etmish rostgo‘y muarrix) —
Ko‘targan ekan birdan ikki arpa don.
Boz ustiga botiru, qo‘rquv bilmas mard. >>>>

Noshud ayiq

Deqqonning arava do‘g‘asin yasab
Yaxshigina pulga sotishin ko‘rib,
(Bu ish chidam, hunar etadi talab)
Ayiq ham bu ishga go‘yo qo‘l urib >>>>