G‘oz bilan turna

Kunlardan bir kun semiz, dangasa bir G‘oz ko‘lning bo‘yida mudrab o‘tirgan ekan, tasodifan uning yoniga Turna qo‘nibdi. Turna G‘ozning qarshisida juda ham ozg‘in va nimjon ko‘rinar ekan. Olifta G‘oz uni masxara qilib kulibdi:
— Men ga kara, og‘ayni Turna! Namuncha chakak-chakak bo‘lib ozib ketibsan. Qoq suyaging qolibdi-ku. Xuddi yoz bo‘yi hech narsa tatimaganga o‘hshaysan-a.
Shu payt miltiq ko‘targan ovchining qirg‘oq yoqalab asta-sekin ularga yaqinlashib kelayotganini sezib qolishibdi. Yengil Turna chaqqon qanot qoqibdi-yu, uchib ketibdi. Ammo semiz, baqaloq G‘oz o‘zini o‘nglab qanotlarini yozishga ulgurmasidan atrofni o‘q ovozi bosib ketibdi.
Ochofat, ish yoqmas G‘oz qirg‘oq bo‘yida mukka tushib qolaveribdi, oriq Turna bo‘lsa hozir ham ko‘kda parvoz qilarmish.