O‘rmondagi daraxtda olmaxon bilan kichkina qushcha qo‘shni bo‘lib yashar edi. Ular bir-birlariga xalaqit bermay, har biri o‘z ishi bilan band bo‘lardi. Olmaxon ertadan-kechgacha yong‘oq, qurigan mevalarni yigib qishga zaxira tayyorlar edi. >>>>
Ertaklar
Ertaklar olami
Mag‘rur oqqush
Bir kuni o‘rmondagi ko‘lga chiroyli oppoq qush uchib keldi. Uning qanotlari qordek oq bo‘lib, bo‘yni uzun edi. U qanotlarini yozganda atrofga suvning mayda zarrachalari sochilar va xuddi ertaklardagidek manzara paydo bo‘lar edi. >>>>
Begemot va qunduzvoy
Kichkina begemot shirinlikni juda yaxshi ko‘rardi. Qo‘yib bersa, bir banka murabboni paqqos tushirishi mumkin edi. Oyisi unga shirinlikni ko‘p yeyish mumkin emasligini aytsa ham quloq solmas, paytini topsa yeyaverardi. >>>>
Irkit ayiqcha
Bir kuni ayiqcha uyida g‘alati ovozdan uyg‘onib ketdi. Ko‘zini ochib qarasa, tepasida ikkita pashsha g‘izzillab aylanayotgan ekan. Ayiqcha pashshalarni qo‘li bilan haydadi, ammo bir ozdan so‘ng ular yana ayiqchaning boshi ustida aylana boshladilar. Ayiqcha boshini ko‘rpasiga burkab yotdi, ammo bir ozdan keyin nafasi qaytib boshini chiqardi. >>>>
G‘alati tuxum
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir kampir bilan chol yashagan ekan. Ularning bir chipor tovuqchasi bor ekan. Bir kuni chipor tovuqcha pol tagiga tuxum qo‘yibdi. Tuxum ola-bula, uchli, suyakli, juda g‘alati ekan. Chol tuxumni uribdi-uribdi ammo sindira olmabdi. Kampir ham tuxumni uribdi-uribdi, hyech sindira olmabdi. Shu payt kichkinagina sichqoncha o‘tib ketayotib, dumi tegib tuxumni sindirib yuboribdi. >>>>
Farosatli yigit
Bir kambag’alning uch o’g’li bor ekan. Katta do’g’li ishlab pul topgani otlanibdi. Otasi uni kuzatib shunday debdi:
— Agar uzoq ovulga borsang, Musa ismli boyga yollanma.
Yigit o’sha ovulga borib qolibdi. Ovulda xuddi o’sha Musa bilan uchrashibdi. >>>>
Burgutlar
Bir tog‘ etagidagi g‘orda bir shahzoda, bir ayiq, bir tulki va bir burgut yashar ekanlar. Burgut butun dunyodagi burgutlarning podshohi ekan. Ayiq ham butun dunyodagi ayiqlarning podshohi ekan. >>>>
Aqlli Gretel
Bir savdogarning Gretel ismli oshpazi bor edi. U epchil, quvnoq, ertalabdan kechgacha qo‘shiq kuylashni va baland poshnali oyoq kiyim kiyib yurishni yoqtirardi. Ko‘zgu oldida o‘ng tomonga yoki chap tomonga burilib, o‘z-o‘ziga «Faqatgina men chiroyli qizman» derdi. >>>>
Oltin bolta
Qadim o‘tgan zamonda ikki aka-uka yashar edi. Biri kambag‘al, ikkinchisi boy edi. >>>>
Boshoqcha
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan Krut va Vert ismli ikkita sichqoncha va baland ovozda qichqiradigan xo‘rozcha bor ekan. Sichqonchalarning bilgan ishi faqat qo‘shiq aytish, raqs tushish, aylanish va burilish edi. Xo‘rozcha esa tong otganda turib, birinchi bo‘lib barchani uyg‘otar, keyin esa ishga kirishar edi. >>>>