Bor ekanu yo‘q ekan,
Och ekanu to‘q ekan.
Bo‘ri bakovul ekan,
Tulki yasovul ekan,
Qarg‘a qaqimchi ekan,
Chumchuq chaqimchi ekan. >>>>
Ertaklar
Ertaklar olami
Hunarliga o‘lim yo‘q
Burungi zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni podsho bir kambag‘alning qizini olmoqchi bo‘lib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib, podshoning so‘zini qizga aytishibdi. Kambag‘alning qizi sovchilarga:
— Podshoga borib aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podsho bir hunar bilsagina tegaman, agar bilmasa o‘rgansin, — debdi. >>>>
Do‘stlik
Bir kuni Olmaxon daraxtdan-daraxtga sakrayotib, botqoqqa tushib ketibdi. Qancha zo‘r berib urinsa ham, botqoqdan chiqib keta olmabdi. Bechora olmaxon yig‘lab-yig‘lab yordamga chaqira boshlabdi. >>>>
Ota nasihati
Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan, bir dehqon o‘tgan ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan. Uch o‘g‘lidan ikkitasini uylantirib, joylagan ekan. Ular o‘z oilalari bilan alohida bo‘lib chiqib ketishgan ekan. >>>>
Aqlli, idrokli, zehnli
O‘tgan zamonda bir boy yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bo‘lib, uchalasi ham zo‘r bilimdon ekan.
Kunlardan bir kuni mo‘ysafid ota betob bo‘lib yotib qolibdi. U uchala bolasini oldiga chaqirib, nasihat qilibdi:
— Bolalarim, agar qazom yetib o‘lsam, bog‘dagi katta uzumning tagiga har biri otning kallasidek keladigan uchta oltin ko‘mganman. Shuni uchalang boshqa shaharga olib borib, bo‘lashib olinglar. >>>>
Oltin olma
O‘tgan zamonda ikki qo‘shni yashagan ekan. Biri boy, lekin befarzand, ikkinchisi esa bola-chaqasi ko‘p-u, biroq nihoyatda kambag‘al ekan.
Bola-chaqasi ko‘p kambag‘al qo‘shnining uyi kecha-yu kunduz shovqin-suron, to‘polon, bag‘ir-bug‘ur bo‘lib, boy qo‘shnisiga hech tinchlik bermas ekan. >>>>
Oltin qiz
Qadim zamonda bir odam bol’gan ekan.
Uning xotini vafot etib, yolg’iz qizi bilan qolibdi. Oradan bir necha yil o’tgach, u kishi bir beva ayolga uylanibdi. U ayolning ham bir qizi bor ekan. >>>>
No‘xatpolvon
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir chol-kampir yashagan ekan. Ularning ikki o’g’il, bir qizlari bor ekan. Qizlari tengsiz go’zal ekan. Bir kuni o’g’illari o’rmonga yangi yer ochishga bormoqchi bo’liptilar. >>>>
Sehrli g‘ozlar
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir er-xotinning ikkita qizi bor ekan. Kattasining ismi Zulayho, kichigining ismi Zubayda ekan. Bir kuni er-xotin ikkalalari o’rmonga o’tin olib kelishga boradigan bo’lishibdi va Zulayhoga Zubaydani topshirib, singlingni o’ynatib o’tirgin, deb ketishibdi. >>>>
Baxtiyor bo‘lish uchun…
Hans bir boynikida ancha vaqt xizmat qildi va xizmat haqi evaziga unga kattakon oltin yombi berishdi. U oltinni ko‘targancha uyiga qaytarkan, ko‘chada ot o‘ynatib ketayotgan bir chavandozni ko‘rib qoldi. >>>>