Oyisiga ergashib
O‘ynab kelgan Tulkicha,
Qo‘shni qari Bo‘riga
Maqtanib qoldi picha:
– Ayiq katta bo‘larkan,
Hech ko‘rmagan ekanman. >>>>
Ertaklar
Ertaklar olami
Eshakning ertagi
Bo‘lgan ekan bir Ho‘tik
Sho‘x va qaysarroq.
O‘g‘irlarkan qizlardan
Ko‘zgu va taroq.
Boqar ekan ko‘zguga
Tarab yollarin.
Hayron qilib yurarkan
Echki, mollarni. >>>>
O‘rmonda ziyofat
Sher oshxona ochibdi
O‘rmonda bugun,
Yovvoyi va xonaki
Hayvonlar uchun.
Pishar turli taomlar
Qozonda «jaz-jaz».
Bo‘rivoy – o‘t qalovchi,
Quyon – bosh oshpaz. >>>>
Bo‘rining doktor bo‘lgani haqida ertak
Nelar bo‘lmas jahonda!..
Yer go‘yo ters aylandi. –
Doktorlikka, o‘rmonda,
Yirtqich Bo‘ri saylandi.
Ana, qarang,
Tish qayrab
O‘tirar shum shifokor.
Yo‘lga boqar jovdirab, >>>>
Birinchi baliqcha
Yura katta, ahil oilada yashaydi. Bobosi, buvisi, dadasi va oyisi ishlaydi. Faqatgina Yura ishlamaydi. Chunki u hali bor-yo‘g‘i besh yoshda. >>>>
Dehqon bilan Ayiq
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir dehqon bo’lgan ekan. Uning uyi o’rmon etagidagi qishloqda ekan. Dehqonning birgina sadoqatli otidan boshqa hech kimi yo’q ekan. >>>>
Bulbul
Qadim zamonda boy savdogar bo‘lib, uning turli mamlakatlardan keltirgan qimmatbaho buyumlari juda ko‘p edi. U qayerga bormasin, esdalik uchun biror yaxshi narsa olib qaytardi-da.
Savdogarning uyida bir bulbul bor edi. U kumushdan yasalgan katta va chiroyli qafasda yashardi. Savdogar undan hech narsani ayamasdi. Xizmatkor bulbulga har kuni – tongda, tushlikda va oqshomda sadaf idishda suv va eng sara donlardan olib kelardi. Bulbul g‘am-tashvishsiz, farovon yashardi. Kuylashda unga yetadigani yo‘q edi. >>>>
Tulkining jazosi
Kunlarning birida bir gala tovuq tulkining ustidan ayiqqa arz qilib boribdi.
– Taqsir, tulkining dastidan kun ko‘rolmayapmiz. U hech kimdan tap tormaydi. >>>>
Quyonchaning uychasi
Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir tulki bilan quyon bo’lgan ekan. Tulkining uychasi — muzdan, quyonniki — daraxtning postlog’idan qurilgan ekan. Bahor kelib, kunlar iligach, tulkining uychasi erib ketibdi. Boshpanasiz qolgan tulki tunashga joy berishni so’rab quyonning oldiga bordi-yu, uning uychasini egallab olib, o’zini haydab yubordi. >>>>
Chumchuqvoy
Bor ekan-u, yo‘q ekan. Bir uyning bo‘g‘otida chumchuq oilasi yasharkan. Ota bilan ona palaponlarga galma-gal ovqat tashishar ekan…
Chumchuq bolalari asta-sekin mayin pat chiqarishibdi. Keyin qalin patlar kiyib olishibdi. Bir kuni eng katta chumchuq bola tavakkal qilib inidan sakrab yerga tushibdi. Uning hech qayeri og‘rimabdi.Chunki u sekin tushibdi. Uning sekin tushishiga qanotlari yordam beribdi. Chumchuqchaning o‘z holicha ovqat yeyayotganini ko‘rib ota-onasi xursand bo‘libdi. >>>>