Bir ayolning ikki qizi bo‘lgan ekan. Qizlarning birini ayol o‘zi tuqqan bo‘lib, ikkinchisi o‘gay ekan. Ayol o‘z qizini jonidan yaxshi ko‘rar, ammo o‘gay qizini ko‘rishga toqati yo‘q ekan. Bunga sabab o‘gay qiz Marushka Olenadan chiroyliroq ekan. Ammo Marushka o‘zining husn-malohatidan bebahra ekan, husn haqida o‘ylamas ham ekan. O‘gay ona uni ko‘rishi bilan qovoqlarini uyib olishidan boyaqish qiz o‘gay onamga nimadir yoqmadi, shekilli, deb o‘ylar ekan. >>>>
Jahon xalq ertaklari
Yo‘lbars bilan tulki
Kunlardan bir kun tulki to‘qayzorda och yo‘lbarsga duch kelib qolibdi. Yo‘lbars bo‘kiribdi, tulki bo‘lsa qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. «Agar uni aldamasam ajalim yetdi», — debdi tulki o‘ziga-o‘zi. Nima qilish kerak? >>>>
Yo‘lbars, kiyik va tulki
Bir kuni yo‘lbars tog‘ etagida aylanib yurib daraxtlar ostidagi ko‘m-ko‘k maysalarni yeb yurgan kichkinagina kiyikchani ko‘rib qolibdi. Kiyikcha yo‘lbarsni ko‘rib, qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. Hech qayerga qochib bo‘lmas ekan-da! >>>>
Kolibri va ari
Kunlardan bir kuni arining o‘g‘li kasal bo‘lib qolibdn. U afsungarniig oldiga borib, maslahat so‘rabdi.
Afsungar unga:
Kolibri patidan bitta so‘rab olsang, o‘g‘ling tuzalib ketadi,— debdi. >>>>
Bola va donishmand
Yoz kunlaridan birida donishmand o‘z aravasida xayol surib ketayotgan ekan. Birdan arava to‘xtab qolibdi. Donishmand engashib qarasa, ko‘chaning o‘rtasida bir yosh bola loy o‘ynab o‘tirgan ekan. Donishmand nazar solsa bola loydan shahar qurayotgan ekan. >>>>
Mergan Iy
Bundan ancha yillar ilgari Xitoyda mergan Iy degan mashhur ovchi yashagan ekan. U parrandalarni ham, quyon, tulki kabi mayda jonivorlarni ham, ayiq, to‘ng‘iz, yovvoyi qo‘y singari katta hayvonlarni ham ovlayverar ekan. >>>>
Yo‘lbars va eshak
Aytishlariga qaraganda qadim zamonlarda Xitoyda eshak bo‘lmagan ekan. Bir safdogar uzoq safardan qaytayotib, juda semiz va o‘taketgan ahmoq bir eshakni sotib olibdi. Uni qayiqqa ortibdi-da, o‘z yurtiga olib ketibdi. Uyiga kelgach, o‘tlasin deb, eshakni qo‘yib yuboribdi. >>>>
Tirishqoq Yun Su
Bir vaqtlar Fuchjouga yaqin joyda Yun Su degan kichik bir bola yashagan ekan. Otasi o‘lib, u onasi bilan yolg‘iz qolibdi. >>>>
Sariq laylak
Odamlarning aytishicha, bir vaqtlar Fuchjouda bir kambag‘al talaba yigit bo‘lgan ekan. Uni Mi deb atashar ekan. U shunchalik kambag‘al ekanki, hatto bir piyola choy uchun ham to‘laydigan yuli yo‘q ekan. >>>>
Aka-uka Lyular
Qadim zamonda dengiz qirg‘og‘ida bir oqko‘ngil xotin yashagan ekan. Uning beshta o‘g‘li bo‘lib, ular besh aka-uka Lyular, Lyu-birinchi, Lyu-ikkinchi, Lyu-uchinchi, Lyu-to‘rtinchi va Lyu-beshinchilar ekan. >>>>